So’nggi yangiliklar

17:16"Реал" Винисиус Жуниор ўрнига Холандни олиб келмоқчи 0 16:52Хабиб нима учун Жон Жонс билан яқин муносабатда бўлмаганини тушунтирди 0 16:26Роппа-роса бир йил олдин Диёра Келдиёрова Олимпиада чемпиони бўлган эди 0 16:02Баҳодир Жалолов: "Ўйлаганимдек бўлмади... Биз давом этамиз!" 0 15:41Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси 0 15:20Факт: Богдан Гусков UFC'да жанг қилган ўзбекистонликлар орасидаги энг яхши натижани қайд этди 0 14:59Формула-1. Пиастри Бельгиядаги пойгада тенгсиз! 0 14:38Шавкат Раҳмоновнинг рафиқаси ва фарзанди ЙТҲга учради, ҳодиса оқибатида вафот этганлар борлиги айтилмоқда 0 14:14"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда 0 13:51Ўсмир таэквондочиларимиз Осиё чемпионатини муваффақиятли бошлади 0 13:26Аҳмадалиев Иноуэ билан жанг учун тайёргарликни Америкада давом эттиряпти (ВИДЕО) 0 13:06Волейбол. Бугун Ўзбекистон U-19 терма жамоаси Аргентинага қарши ўйнайди 0 12:45"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр 0 12:24Апелляциядан сўнг UFC жангчисининг мағлубияти бекор қилинди 0 11:58Байдарка ва каноэчиларимиз Жаҳон чемпионатини 3 та медаль билан якунлашди 0

21 fev 23:38
Yangiliklar

Olimpiya o'yinlari

Kamila Valieva Pekin Olimpiadasidagi mojarodan keyin birinchi marta Instagram'da post joylashtirdi

Teglar :  Kamila Valieva
15 yoshli rossiyalik figurali uchuvchi Kamila Valieva Pekin-2022 Olimpiadasidagi mojarolardan keyin birinchi marta Instagram'dagi sahifasiga post joylashtirdi.

"Mening birinchi Olimpiadam nihoyat yakunlandi. Sportchi sifatida hayotimdagi eng muhim voqeaga meni etaklagan murabbiylarim Eteri Georgievna, Sergey Viktorovich, Daniil Markovichga rahmat aytmoqchiman. Siz o'z sohangizning mutlaq ustasisiz! Va siz faqatgina shug'ullantirmaysiz, balki o'zimizni engishni o'rgatasiz. Bu nafaqat sportda, balki hayotda ham yordam beradi. Yonimda siz bilan o'zimni himoyalangandek his qilaman va har qanday sinovdan o'ta olaman. Menga kuchli bo'lishga yordam berganingiz uchun rahmat", — deb yozadi Valieva.

SHuningdek, Kamila sinovli kunlarda uni qo'llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildirdi.

"Ushbu og'ir davrda men bilan birga bo'lgan barchaga: yonimda bo'lgan va ko'nglimni sinishiga yo'l qo'ymagan, menga qo'llab-quvvatlovchi xabarlarni yuborgan, faqat men haqimda o'ylagan, ibodat qilgan, menga ishongan barchaga rahmat aytmoqchiman. Muxlislarim, oilam, do'stlarim, murabbiylarim, butun ROQ jamoasi, mening vatanim va butun dunyodagi odamlarga rahmat. Hammaga rahmat!

Men buni har doim eslayman, sizlardan minnatdorman va siz uchun figurali uchishda davom etaman",-deya post qoldirdi Valieva. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing