20 may 14:32
Yangiliklar
Boks/MMA

Jon Jons MMAdagi faoliyati haqida: "Bo'ldi, etar, men yakunladim"
Og'ir vaznda amaldagi UFC chempioni Jon Jons MMAdagi faoliyati yakuniga etayotganini malum qildi.
Bu haqda amerikalik 38 yoshli aralash yakkakurash ustasi rossiyalik taniqli promouter Kamil Gadjiev bilan suhbat chog'ida aytgan.
Gadjiev: 10 yil o'tdi, sen hamon faolsan.
Jons: Ha, yo'q. Men yakunladim – bo'ldi, etadi.
Hozircha bu shunchaki hazil tariqasida aytilgan gapmidi yoki rasmiy bayonot, bu malum emas. Jons so'nggi jangini o'tgan yilning noyabr oyida o'tkazgandi. O'shanda u chempionlik kamarini ilk bor himoya qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar