So’nggi yangiliklar

13:17Отабек Холматов ва Муроджон Аҳмадалиев Қўшма Штатларга учиб кетди (ФОТО) 0 12:53"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади 0 12:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Жаҳон кубогида қатнашиш учун Астанага етиб борди, таркибимиз маълум 0 12:09Мураббий нима учун Ислам ва Топурия ўртасида жанг бўлмаганини айтди 0 11:4546 ёшли Мэнни Пакьяо боксдаги мақсадини айтди 0 11:21Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор 0 11:00МОҚ раҳбарияти Турин политехника университетида IT ва инновацион стартаплар билан танишди 0 10:3918 та эйс Тэйлор Фрицни фаолиятидаги 18-финалга олиб чиқди 0 10:18Жек Пол, Хулио Сезар Чавес, Рамирес, Дортикос тарозига чиқди 0 09:57“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор 0 09:36Асламжон Ортиқовнинг мезбонга қарши жангида нокаут қайд этилди + ФОТО 0 09:15Деонтей Уайлдер бир йиллик танаффусдан сўнг рингга қайтди 0 08:54Халқаро стол тенниси федерацияси билан ҳамкорликни янада кучайтириш масалалари муҳокама қилинди 0 08:33Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди 0 08:12UFC 317 турнирининг расмий тарози маросими ўтказилди, битта жанг бекор қилинди 0

01 mar 13:03
Yangiliklar

Kamondan otish

Kamondan otish: Toshkentda “Alpomish va Barchinoy” I Xalqaro turniri yakunlandi

Respublika olimpiya zaxiralari kollejida kamondan otish bo'yicha birinchi “Alpomish va Barchinoy” Xalqaro turniri o'tkazildi.
Ilk bora o'tkazilayotgan Xalqaro turnirga Xalqaro kamondan otish federaciyasi hamda Turkiya Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Ugur Erdener ham tashrif buyurdi.



“Alpomish va Barchinoy” Xalqaro turniri Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston kamondan otish federaciyasi hamda Sportning qishki va murakkab texnik turlari bo'yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi hamkorligida tashkil etildi.

Xalqaro turnirda qo'shni davlatlar – Qirg'iziston va Tojikistondan mahoratli sportchilar hamda respublikamizning Buxoro, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Farg'ona viloyatlari va Toshkent shahridan jami 100 nafardan ortiq sportchi qatnashdi.

Musobaqaning taqdirlash marosimida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, Milliy Olimpiya qo'mitasi raisi Rustam SHoabdurahmonov, Xalqaro kamondan otish federaciyasi prezidenti janob Ugur Erdener ham so'zga chiqdilar.

Xalqaro turnir g'oliblari

70+70 mashqi

Erkaklar:

1. Gafurov Zokirjon (O'zbekiston milliy terma jamoasi)

2. Abdulhamidov SHohjahon (O'zbekiston m.t.j.)

3. Rustamov Sardor(Toshkent sh.)


Ayollar:

1. Yunusova Kamola (O'zbekiston m.t.j.)

2. Abdusattorova Ziyodaxon (O'zbekiston m.t.j.)

3. Mahmudova Maftuna (O'zbekiston m.t.j.)


Olimpik raundi:

Erkaklar:

1. Sarmambetov Yunus (O'zbekiston m.t.j.)

2. Rustamov Sardor (Toshkent sh.)

3. Gafurov Zokirjon (O'zbekiston m.t.j.)


Ayollar:

1. Abdusattorova Ziyodaxon (O'zbekiston m.t.j.)

2. Yunusova Kamola (O'zbekiston m.t.j.)

3. SHarbekova Asel (Qirg'iziston m.t.j.)


MIX:

Erkaklar o'rtasida:

1. YU.Sarmambetov/Z.Abdusattorova (O'zbekiston m.t.j.)

2. Z.Gafurov/A.Soldatenko (O'zbekiston m.t.j.)

3. O.Ungalov/M.Nurmanova (Samarqand vil.)


Jamoaviy bahslar:

Erkaklar:

1. O'zbekiston m.t.j.

2. Tojikiston m.t.j.

3. Qirg'iziston m.t.j.


Ayollar:

1. O'zbekiston m.t.j.

2. Tojikiston m.t.j.

3. Qirg'iziston m.t.j.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing