19 may 16:07
Yangiliklar
Kamondan otish

“Alpomish va Barchinoy” xalqaro turnirida g'oliblar aniqlandi
Toshkentda kamondan otish bo'yicha 8 mamlakatdan kelgan 100 nafardan ziyod sportchi ishtirokidagi “Alpomish va Barchinoy” xalqaro musobaqasi yakunlandi.
Dasturga ko'ra, bugun musobaqaning final bellashuvlari va taqdirlash marosimi o'tkazildi. Mazkur jarayonda Milliy gvardiya qo'mondonligi, Sport vazirligi va MOQ rahbariyati ishtirok etdi.
Taqdirlash marosimi davomida rasmiylar sportchilarimizni erishgan muvaffaqiyatlari bilan qutlab, bu kabi musobaqalar ushbu sport turini mamlakatimizda ommalashtirish yo'lida muhim ahamiyat kasb etishini takidlashdi va atletlarimizga kelgusi musobaqalarda ham omad tilashdi.
Musobaqada terma jamoamiz vakillari yuqori natijalari bilan ajralib turishdi. Yakunda hamyurtlarimiz 4 ta oltin va 1 ta kumush medallariga sazovor bo'ldilar.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar