So’nggi yangiliklar

13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0 07:32Роналду "Ал Наcср"нинг "Нефтчи" устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди 0 21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0

20 may 08:56
Yangiliklar

Kamondan otish

Butunjahon kamondan otish federaciyasi bilan hamkorlik muhokama qilindi

Teglar :  Kamondan otish
O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasiga Butunjahon kamondan otish federaciyasi Bosh kotibi, Butunjahon sport o'yinlari xalqaro associaciyasi vice-prezidenti Tom Dilen, Rossiya kamondan otish federaciyasi rahbari Zorigto Manxanov, Koreya Respublikasi kamondan otish associaciyasi vice-prezidenti Yonsul CHan tashrif buyurishdi.

Mehmonlarni O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi qo'mondoni, mamlakat kamondan otish federaciyasi rahbari, general-mayor Rustam Djuraev va MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov qarshi olishdi.

Uchrashuv chog'ida mamlakatimizda kamondan otish sport turini rivojlantirish, xalqaro turnirlarni tashkil etish va bu boradagi istiqbolli hamkorlik yo'nalishlari muhokama qilindi. Xususan, rasmiylar O'zbekiston tomoni hurmatli Prezidentimizning tashabbusi bilan mamlakatimizda sport sohasida ham ulkan islohotlar olib borilayotgani haqida malumot berishdi.

O'z navbatida, mehmonlar yurtimizdagi o'zgarishlarni yuksak baholab, ularga shaxsan guvoh bo'lganlarini bildirishdi hamda o'zbekistonlik sportchilarning xalqaro musobaqalarda yuqori natijalar qayd etishiga ishonch bildirdilar.

Suhbat damovida tomonlar kelgusidagi o'zaro manfaatli hamkorlik yuzasidan qator taklif va tashabbuslarni muhokama qildilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing