So’nggi yangiliklar

18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0

14 iyu 19:25
Yangiliklar

Karate

Karate. Tokio Olimpiadasi licenziyasiga juda yaqin keldik, ammo...

Teglar :  Karate
Franciyaning Parij shahrida karate bo'yicha Tokio Olimpiadasiga licenziya beruvchi musobaqa o'tkazildi.

Avvalroq, ushbu musobaqada o'zbekistonlik karatechilar ham ishtirok etishi haqida xabar qilgandik.

Terma jamoamiz licenzion turnirda 6 nafar sportchi bilan ishtirok etdi. Afsuski, musobaqa yakuniga ko'ra xech qaysi karatechimiz licenziya qo'lga kirita olmadi. 

Karatechilarimiz Parijga 6 kishilik tarkib bilan jo'nab ketishgandi. 

Vakillarimiz ichida -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Dostonbek Otabolaev yarim finalgacha etib bordi. Final va Tokio Olimpiadasi licenziyasi uchun kechgan bahsda u germaniyalik raqibga imkoniyatni boy berib qo'ydi. SHunday bo'lsada, unda yana bir imkoniyat yuzaga kelgandi. Uchinchi o'rin uchun bahsda esa qozog'istonlik raqibga mag'lub bo'ldi. 

Malumot uchun, ushbu licenzion turnirda kuchli uchlikka kirgan karatechilar Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritishardi. 


O'zbek karatechilaridan kim qaysi bosqichgacha etib bordi?

-67 kg: Sadriddin Saymatov - uchinchi jangida rossiyalik raqibga yutqazdi

-75 kg: Dostonbek Otabolaev - yarim finalda germaniyalik, uchinchi o'rin uchun bahsda esa qozog'istonlik raqibga mag'lub bo'ldi

+75 kg: Jahonshox Ibrohimov - ikkinchi jangida italiyalik raqibga yutqazdi

-55 kg: Bahriniso Boboeva - ikkinchi bosqichda italiyalik sportchiga mag'lub bo'ldi

-61 kg: Sevinch Rahimova - birinchi jangida rossiyalik raqibga yutqazdi

+61 kg: Dildora Aliqulova - ikkinchi jangida Slovakiya vakilasiga yutqazdi



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing