So’nggi yangiliklar

19:03Оливейра: "Топурия — мен жанг қилганлар орасида энг қаттиқ зарба берувчи спортчи" 0 18:39"Ундан рекордидаги нолни олиб қўймоқчиман". Волкановски Евлоев билан жангга тайёр 0 18:18ФИФА рейтинги янгиланди: Ўзбекистон 55-ўринга кўтарилди 0 17:51Пимблетт нима учун Топурия билан жангга лойиқ эканлигини айтди ва Махачевни мисол келтирди 0 17:24Топурия Хабиб Нурмагомедовнинг рекордини янгилади 0 17:01Бен Аскрен: "Тўрт марта ўлимдан қолдим" 0 16:38Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада" 0 16:16Макс Холлоуэй қандай ҳолатда Топуриянинг навбатдаги рақиби бўлиши мумкинлигини айтди 0 15:53"Ҳумо" Pro Hokei Ligasy навбатдаги мавсумини ўтказиб юборади 0 15:26Усик Дюбуа билан жангга оз қолганда қандай ҳолатда эканлигини кўрсатди (ФОТО) 0 15:02Симоне Индзаги "Ал Ҳилол"да тўрт нафар футболчидан қутилмоқчи 0 14:41Волкановски: "Қўлқопларимни яқин орада михга иламан" 0 14:20Оғир атлетикачиларимиздан ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида навбатдаги 16 та медаль! 0 13:59Одилхон Alash Pride'да жанг қилади 1 13:38Трамп Клублар ўртасидаги ЖЧ финалига келади 0

17 sen 14:53
Yangiliklar

Karate

Karate WKF bo'yicha O'zbekiston kubogining ochilish marosimi bo'lib o'tdi + FOTO

Teglar :  Karate
Kecha poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida karate bo'yicha bolalar, o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasida O'zbekiston kubogi bahslari boshlandi.

Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston karate milliy federaciyasining yillik taqvim rejasiga asosan o'tkazilayotgan ushbu musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va yurtimizning aksariyat viloyatlaridan 1 300 nafarga yaqin sportchilar g'oliblik uchun bahs olib borishmoqda.


Kecha musobaqaning tantanali ochilish marosimi o'tkazildi. Unda Turizm va sport vaziri o'rinbosari Avazjon Karimov, Milliy olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov va boshqalar ishtirok etishdi.


Tadbirda so'zga chiqqan Turizm va sport vaziri o'rinbosari A.Karimov so'nggi yillarda karate sporti yurtimizda tobora ommalashib borayotgani, shu bilan bir qatorda sportchilarimiz ham xalqaro maydonlarda sezilarli yutuqlarni qo'lga kiritib kelishayotganini takidladi. Bunga misol tariqasida yaqinda Rossiya Federaciyasining Qozon shahrida o'tkazilgan birinchi MDH o'yinlarida yurtimiz karatechilari ham muvaffaqiyatli ishtirok etishgani, jumladan terma jamoamiz azolari bitta oltin, ikkitadan kumush va bronza, jami 5ta medalga sazovor bo'lishgan holda O'zbekiston sport delegaciyasining umumjamoa hisobida faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritishlariga munosib hisa qo'shganligini etirof etdi.


SHuningdek, tadbir doirasida I MDH o'yinlarida g'olib va sovrindor bo'lgan karatechilarning trenerlariga pul mukofotlari sertifikatlari topshirildi.

Takidlash joiz, mazkur musobaqa terma jamoamiz murabbiylari uchun shu yil dekabr oyida Qozog'istonning Alma-ata shahrida bo'lib o'tadigan o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati, shuningdek noyabr oyida BAAning Dubay shahrida tashkil etiladigan kattalar o'rtasidagi Jahon chempionatiga eng munosib sportchilarni saralab olish imkonini beradi.

O'zbekiston kubogi bahslari 19 sentyabrga qadar davom etadi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing