So’nggi yangiliklar

19:06Алонсо “Реал“нинг етакчиларидан бирини АПЛ жамоасига сотишга розилик берди 0 18:45Александр Усик ўзининг заиф томонини айтди 0 18:24Рафаэль Надаль: "Жотанинг оиласига ҳамдардман" 0 18:01Жасур Мирзамуҳаммедов жангларга қайтмоқда 0 17:39Расман: Жасур Жалолиддинов — "Сўғдиёна" футболчиси! 0 17:17Боксчи йигитларимиз нима учун Қозоғистондаги Жаҳон кубогига боришмади? Бокс федерацияси бунга муносабат билдирди 0 16:54Темиров: "Пантожанинг кейинги рақиби мен бўламан" 0 16:30Макгрегор 10 йиллик қамоқ ҳақидаги хабарларга жавоб қайтарди 0 16:07Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас" 0 15:45Дастин Порье: "Бу охирги имконият. Чиройли тарзда кетмоқчиман" 0 15:23Конор Макгрегорга 10 йиллик қамоқ жазоси таҳдид солмоқда 0 15:02Усикнинг жамоасида Фьюрининг учинчи жанг ҳақидаги сўзларига муносабат билдиришди 0 14:41Бугун Мираброр Усмонов ҳаёт бўлганида 78 ёшини қарши олар эди 0 14:20Умар Кремлёв бокс бўйича жаҳон чемпиони 1 миллион долларга эга бўлишини айтди 0 13:59IBF Бивол учун мажбурий даъвогарни эълон қилди 0

26 may 10:32
Yangiliklar

Karate

Karate WKF: rossiyalik taniqli mutaxassis ishtirokida seminar tashkil etildi

Teglar :  Karate
So'nggi yillarda xalqimizning salomatligi to'g'risida g'amxo'rlik qilish, manaviy va jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aholi, ayniqsa yoshlarni sportga keng jalb etish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, karate WKF'ni mamlakatimizda keng ommalashtirish, uni aholi, ayniqsa yoshlar orasida eng ommaviy sport turiga aylantirish, yuqori iqtidorga ega yosh karatechilarni tanlash, saralab olish va ularni professional sportchilar sifatida tayyorlash tizimi yo'lga qo'yilmoqda.

Bugungi kunda ushbu sport turi bilan shug'ullanayotgan sportchi va trenerlarning yanada o'sishiga yordam berish maqsadida O'zbekiston karate milliy federaciyasi tomonidan qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Joriy yil 24-25 may kunlari rossiyalik mashhur karate ustasi, 7-dan qora belbog' sohibi Igor Sadovnikov ishtirokida yurtimizdagi karate ustalari va trenerlar uchun o'quv-seminar tashkil etildi.

Ushbu seminardan ko'zlangan asosiy maqsad, Olimpiya oilasiga kiruvchi karate sporti bilan yurtimizda mashg'ul bo'lgan vakillarimizning tajribasini oshirish va jahon darajasidagi sportchilarni tayyorlashda ularga ko'mak berishdan iborat.

O'quv-seminarda respublikamizning barcha hududlaridan sportchi va trenerlar ishtirok etishdi. SHuningdek, karate sporti ixlosmandlari ham taklif etildi.

O'zbekiston Milliy univeristeti sport zalida tashkil etilgan seminarda mahoratli karate ustasi Igor Sadovnikov yosh sportchilar va trenerlarga jangda qo'l keladigan bir qancha yangi usullarni namoyish etib berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing