So’nggi yangiliklar

14:44Суперлига. Бугун иккита ўйин билан 20-тур бошланади 0 14:23Ҳафта якунида ўтказиладиган UFC Fight Night 257 турнирининг тўлиқ карди билан танишинг 0 14:02Боксчиларимиз Отабек Холматов ва Ботир Аҳмедов Маккада + ФОТО 0 13:41Хамзат Чимаев бу йил бошқа жанг ўтказмайди 0 13:20Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди 0 12:59Бразилиядаги UFC турнирида яна бир қизиқарли жанг гувоҳи бўламиз 0 12:38"Дю Плесси ниҳоят ёш ва чанқоқ жангчига қарши чиқди – натижани эса кўриб турибсиз" - UFC жангчиси 0 12:17Бокс бўйича амалдаги Украина чемпиони допинг сабаб 10 йилга четлатилди 0 11:56ЦСКА Файзуллаевнинг трансфер тўловини тасдиқлади 0 11:35Камару Усман ўрта вазнда ким Чимаевга қарши туриб бера олишини айтди 0 11:14Янгиланган UFC рейтингида Рамазон Темиров нечанчи ўринда? Асу Алмабаевчи? 0 10:53Собиқ UFC чемпиони Дейвесон Фигередонинг рақиби маълум 0 10:32Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди 0 10:11Шахматчиларимиз U-16 Бутунжаҳон Ўсмирлар Олимпиадасида яна икки учрашув ўтказишди 0 09:50"Чучвара отмен". Чимаев танлаган рақибнинг жанги расман эълон қилинди + ПОСТЕР 0

07 iyu 08:02
Yangiliklar

Tennis

Kasper Ruud: "Nevaralarimga Nadal bilan "Rolan Garros" finalida o'ynaganimni aytib beraman"

"Rolan Garros" finalida Rafael Nadalga mag'lub bo'lgan norvegiyalik Kasper Ruud o'yindan keyin bir qator savollarga javob berdi.

Kasper Ruud "Rolan Garros"ning qaysi finali ko'proq yoqqani haqida gapirdi - 2013 yilda tribunadan Rafael Nadalga muxlislik qilganimi yoki unga 3/6, 3/6, 0/6 hisobida mag'lub bo'lgani.

"Menga ikkalasi ham yoqdi, lekin, albatta, Nadalga qarshi o'ynash yoqimli. Bu lahzani butun umr eslab yuraman. Hozircha, bu faoliyatimdagi eng yorqin o'yin.

16-17 yildan beri Rafaning o'yinlarini kuzatib kelayotganimni aytgandim. SHuning uchun, u bilan uchrashishim sinov edi, lekin juda yoqimli. Uchrashuvni yanada shiddatliroq qilganimda juda yaxshi bo'lardi, ammo bu tarix. Bir kuni nevaralarimga "Filipp CHatrie" kortida finalda Rafa bilan o'ynaganimni aytib beraman. Ehtimol, ular: "Voy, rostdan ham?" mi deyishar. Va men "xa" deb javob beraman. Ehtimol, bu lahzadan uzoq vaqt rohatlanaman”.

SHuningdek, u finalning qaysi lahzasi ko'proq esda qolgani haqida javob berdi.

"Ular juda ko'p. Gurunt to'plari har doim esda qolarli bo'ladi va shuning uchun zarbalar ham chiroyli amalga oshirildi.

Kortda diktor Rafaning necha marta turnirda g'olib chiqqanini sanab o'tganida kulgili bo'ldi. Ro'yxat cheksiz bo'lib tuyuldi. U aniq 30 soniya davomida o'qildi.

Billi Jin Kingdan finalchiga beriladigan sovrinni olish ham yoqimli bo'ldi. U sportimiz afsonasi va u bilan uchrashganim yoqimli bo'ldi”, - deya Ruudning so'zlarini keltiradi "Rolan Garros" matbuot xizmati.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing