20 avg 12:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Boks bo'yicha amaldagi Ukraina chempioni doping sabab 10 yilga chetlatildi
Avvalroq Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Lazizbek Mullojonovda soch ektirgani ortidan doping aniqlangan edi.
Havaskor boksda amaldagi Ukraina chempioni Maksim Zinevichning doping-tahlili ijobiy natija bergani bois 10 yilga diskvalifikaciya qilindi. Bu haqda Ukraina antidoping agentligi xabar bermoqda.
Bokschining qon tarkibida taqiqlangan ostarin va ligandrol moddalari aniqlangan. Zinevichning chetlatish muddati 2025 yilning 30 aprelidan kuchga kirgan deb hisoblanadi. Maksim shu yil mart oyida 75 kg vazn toifasida Ukraina chempioni bo'lgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar