20 avg 11:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Yangilangan UFC reytingida Ramazon Temirov nechanchi o'rinda? Asu Almabaevchi?
Qolgan divizionlarda bo'lgani kabi o'ta engil vazn toifasida ham UFC reytingi yangilandi.
Doping sabab jangi bekor bo'lgan Ramazon Temirov reytingdagi o'rnini saqlab qoldi - 13-o'rin. UFC on ABC 9 turnirida aynan Ramazonning o'rniga oktagonga chiqqan perulik Xose Ochoani mag'lubiyatga uchratgan qozog'istonlik Asu Almabaev 9-o'rinda qoldi.
Tim Elliott bir pog'onaga yuqoriladi, Stiv Erceg esa aksincha, bir o'ringa pastladi. CHarlz Jonson reytingga ilk bor kiritildi. Aleshandro Pantoja vazn chempioni, Joshua Van esa vazn reytingining birinchi pog'onasidan joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar