20 avg 13:41
Yangiliklar

Xamzat CHimaev bu yil boshqa jang o'tkazmaydi
Bu haqda jurnalist va insayder KevinK o'zining X (Twitter) ijtimoiy tarmog'i orqali xabar berdi. BAA sharafini himoya qilayotgan chechenistonlik aralash yakkakurash ustasi 18 avgust kuni tongda o'tkazilgan UFC 319 turnirining asosiy jangida endilikda sobiq UFC chempioni Drikus dyu Plessini mag'lubiyatga uchratgandi.
CHimaev o'sha jangdan keyin o'tkazilgani matbuot anjumanida agar promoushen rahbarlari xohlasa, 25 oktyabr kuni tashkil etiladigan Abu-Dabidagi UFC 321 turnirida oktagonga chiqishga va ilk chempionlik himoya jangini o'tkazishga tayyor ekanini aytgandi.
Xamzatga qarshi jang qilishga tayyorligini bildirgan niderladiyalik Rene de Ridderning 18 oktyabr kuni Kanadadagi turnirning markaziy jangida amerikalik Entoni Ernandesga qarshi oktagonga chiqishini inobatga olsak, chempionning qaytishini bu yil kutmasak ham bo'ladi. CHimaev ham kecha Ridderning bu chorlovini qabul qilgan va u bilan aynan Abu-Dabida jang qilishga rozi ekanini aytgandi.
Fikrlar