20 avg 11:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Kamaru Usman o'rta vaznda kim CHimaevga qarshi turib bera olishini aytdi
UFC sobiq chempioni Kamaru Usmanning fikricha, amerikalik Entoni Ernandes amaldagi chempion Xamzat CHimaevga qarshi jang qila olishi mumkin.
"O'rta vaznda istedodli jangchi bor — Ernandes. Uning harakatlarini tomosha qilish menga yoqadi. Bir marta muvaffaqiyatning tamini his qilsangiz, yanada ko'proqni istay boshlaysiz, Ernandesda bu narsa bor. U tobora yaxshilanmoqda. Va u albatta uzoqqa boradi", — dedi Usman.
Darvoqe, Entoni Ernandes 18 oktyabr kuni Kanadaning Vankuver shahrida tashkil etiladigan UFC Fight Night Vancouver turnirining markaziy jangida Xamzat CHimaev bilan jang qilish istagida bo'lgan yana bir aralash yakkakurash ustasi, ikki vaznda sobiq ONE chempioni, niderlandiyalik Rene de Ridderga qarshi oktagonga chiqadi. Katta ehtimol bilan ushbu jang g'olibi CHimaevning keyingi raqibiga aylanadi.
Havola :
Fikrlar