20 avg 12:38
Yangiliklar
Boks/MMA

"Dyu Plessi nihoyat yosh va chanqoq jangchiga qarshi chiqdi – natijani esa ko'rib turibsiz" - UFC jangchisi
Amerikalik o'rta vazn jangchisi Brendan Allen Xamzat CHimaevning Drikus dyu Plessi ustidan qozongan g'alabasi haqida fikr bildirdi.
Eslatib o'tamiz, CHimaev hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi va o'rta vazn toifasida yangi chempionga aylandi.
"Kimdir yutqazganda gapirish oson. Lekin qarang, og'iz ko'pirtirib yurgandan keyin to'liq nazorat ostida qolish — bu kulgili holat. Nihoyat yosh va g'alabaga chanqoq sportchiga qarshi chiqdi, natijani esa ko'rib turibsiz", — deb yozdi Allen ijtimoiy tarmoq X'da.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar