20 avg 09:50
Yangiliklar

"CHuchvara otmen". CHimaev tanlagan raqibning jangi rasman elon qilindi + POSTER
Bu haqda shaxsan promoushen rahbari Dana Uayt xabar berdi. UFC Fight Night Vancouver turnirining markaziy jangida ikki vaznda sobiq ONE chempioni, niderlandiyalik Rene de Ridder amerikalik Entoni Ernandesga qarshi oktagonga chiqadi.
Avvalroq Ridder o'rta vaznning yangi chempioni Xamzat CHimaevga qarshi jang o'tkazishga tayyor ekanini malum qilgandi. O'z o'rnida Xamzat ham bu chorlovni qabul qilgan edi. 34 yoshli Ridder UFC o'rta vazn (84 kg) toifasi reytingida beshinchi, 31 yashar Entoni esa oltinchi o'rinni egallab turibdi.
Malumot uchun, de Ridder so'nggi jangini iyul oyida Abu-Dabidagi UFC on ABC 9 turniri doirasida sobiq UFC chempioni avstraliyalik Robert Uittakerga qarshi o'tkazib, hakamlarning ayri qarori bilan g'alaba qozongandi. O'shanda ham Rene ishtirokidagi jang markaziy maqomda edi. Ernandes esa UFC on ESPN 72 turnirida gruziyalik Roman Dolidzedan ustun kelgandi.
Fikrlar