So’nggi yangiliklar

18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0

23 iyu 07:43
Yangiliklar

Karate

“Keles Open” turnirida mezbonlar birinchi bo'lishdi + FOTO

Karatening WKF yo'nalishi eng ommalashgan sport turlaridan sanaladi va olimpiya o'yinlari dasturidan o'rin olgan.

Mamlakatimizning har bir hududida mazkur sport bilan oshno bo'lgan yoshlar soni ko'pchilikni tashkil etadi. Turli ko'rinishdaga bellashuvlar esa har doim shiddatli va jozibakor tarzda o'tkaziladi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ikkinchi tashabbusi ijrosini taminlash maqsadida Toshkent tumani bolalar-o'smirlar sport maktabiga qarashli “Universal” sport majmuasida karate WKF bo'yicha o'tkazilgan “Keles-Open” musobaqasi ham xuddi shunday bo'ldi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan mazkur ochiq turnirda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri, Namangan, Andijon, Farg'ona, Xorazm hamda Toshkent viloyatidan tashrif buyurgan 400 nafarga yaqin o'g'il-qizlardan iborat yosh sportchilar ikki kun davomida g'oliblik uchun kuch sinashishdi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko'ra, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o'rinni Toshkent viloyati jamoasi qo'lga kiritgan bo'lsa, ikkinchi o'rinni Toshkent shahri egalladi. Uchinchi o'rin Qoraqalpog'iston yoshlariga nasib etdi.

Takidlash joiz, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritgan Toshkent viloyati jamoasi orasida 30 nafardan ortiq sportchilar aynan Toshkent tumani yoshlari bo'lib, tuman turizm va sport bo'limi boshlig'i, Keles karate klubi rahbari, BO'SMning tajribali murabbiy Dilshod Yusupovning shogirdlari hisoblanadi va ularning 18 nafari oltin medalga ega chiqishdi. Uch nafari esa chempionlik kamarini o'zlariniki qilishdi.  

SHuningdek, musobaqa doirasida 12 ta vazn toifasida chempionlik kamari uchun ham bellashuvlar tashkil etildi. Quyidagi sportchilar o'z vazn toifalarida raqiblaridan ustun kelib, chempionlik kamarlariga ega chiqishdi. 

12-13 yoshlilar

40 kg. – Jumaniyoz Jumaniyozov (Toshkent sh.)

14-15 yoshlilar

52 kg. – Doston Xamroev ( Qoraqalpog'iston)

+54 kg. – Rohatoy Amitova (Toshkent v.)

57 kg. – Xojiaxror Ibrohimov (Toshkent sh.)

16-17 yoshlilar

61 kg. -  Mirafzal Mirsolixov (Toshkent sh.)

63 kg. – Samandar Oqbo'taev  (Toshkent sh.)

68 kg. – Samandar Mirhamidov (Toshkent v.)

+18 yoshlilar

55 kg. - Azizbek Islombekov ( Toshkent v.)

60 kg. – Hasan Axmadaliev  (Toshkent v.)

67 kg. – Feruz Ro'zmetov (Xorazm)

+67 kg. – G'ofur Zohidov (Toshkent v.)

Yakka kata yo'nalishi

+18 yoshlilar

Samandar O'rozaliev (Toshkent v.)

Musobaqa yakunlangach, taqdirlash marosimi tashkil etildi. G'olib va sovrindorlar Toshkent viloyati Turizm va sport boshqarmasi, Toshkent tumani hokimligi, tuman BO'SM va Keles karate klubi tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing