So’nggi yangiliklar

07:02Ёш юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида умумжамоа ҳисобида учинчи бўлишди 0 18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0

21 iyu 19:01
Yangiliklar

Boshqalar

Kriket. Hindiston jamoasi ikkinchi bor mag'lub etildi + FOTO

Teglar :  KriketHindiston
Bilasiz, kriket sport turi mamlakatimizda hali yangi sport turlaridan sanaladi.

Biroq 2019 yilda tashkil etilgan mazkur sport turini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida ommaviyligini taminlash yuzasidan O'zbekiston kriket federaciyasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jamoalar shakllantirilib, federaciya tomonidan rejaga muvofiq, turli musobaqalar ham yo'lga qo'yildi.

Kriket eng ommalashgan va rivojlangan davlatlarning jamoalari bilan o'tkazilayotgan o'rtoqlik o'yinlari esa jamoalarimizning tajriba orttirishida, iqtidorli kriketchilarni saralash va terma jamoalarimizga munosiblarni jalb etishga qaratilgan. O'tkazilayotgan o'rtoqlik uchrashuvlarida esa kriketchilarimiz ustunlikka ham erishishmoqda.  

Kecha poytaxtimizdagi O'zbekiston Mudofaa vizirligiga qarashli sport majmuasida O'zbekiston kriket federaciyasi Hindistonning O'zbekistondagi elchixonasi va qo'shma korxonalari vakillari bilan hamkorligida kriket bo'yicha ikkinchi o'rtoqlik musobaqasini  o'tkazdi. Mazkur hamkorlikdagi do'stona uchrashuvda Qashqadaryoning “Barlos” kriket klubi jamoasi Hindistonning O'zbekistondagi elchixonasi vakillari hamda mamlakatimizda yashab, korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan hindistonliklardan iborat “India Club Tashkent” klubi jamoasiga qarshi bahs olib borishdi. 

Murosasiz va shiddatli o'tgan ushbu o'yinda Qashqadaryo viloyatining mazkur “Barlos” jamoasi “India Club Tashkent” jamoasiga munosib qarshilik ko'rsatib, ikki bo'limdan iborat o'yin yakuniga ko'ra, 4 ochko farqi bilan (75:71) g'alaba qozonib, g'oliblikka erishdi. 

Etiborli jihati, “India Club Tashkent” jamoasi o'tgan oyning 6 may sanasidagi o'rtoqlik uchrashuvida Toshkentning “Anfa” jamoasiga qarshi o'yinda ham 1 ochko farqi bilan mag'lubiyatga uchragan edi.

Aziz MIXLIEV, O'zbekiston kriket federaciyasi raisi: -  Bugun    ikkita jamoa o'rtasidagi o'yinga guvoh bo'ldik. O'tgan safargi o'yinda raqib jamoa mag'lubiyatga uchragani bois,  bizni qayta  o'rtoqlik o'yiniga taklif  etdi. Bu galgi o'yinda jamoamiz  oldingi   o'yindagidan ham  yuqori natija bilan raqiblarimizmi mag'lubiyatga uchratishdi. Demak, bu natijadan ko'rinadiki,  mamlakatimizda kriket rivojlanayotganidan, asta - sekin professinal darajaga ko'tarilayotganidan   darak beradi. Dunyoning 104 mamlakatida kriket professinal darajada faoliyat ko'rsatadi. SHundan 12 ta davlat xalqaro kriket kengashining to'liq azosi hisoblanadi. 92 ta davlat esa xalqaro kriket kengashiga qo'shilishiga sazovor va huquqi bor  sanaladi. O'zbekiston kriket federaciyasining oldida bir nechta ulkan maqsad va vazifalari turibdi. Avvalo, federaciyamizning yuqorida takidlaganimizdek, xalqaro kriket kengashiga qo'shilishiga sazovor bo'lish.  Buning uchun xalqaro kriket kengashi tomonidan bir qator talabalar qo'yilgan. Ushbu talablar ustida faol ishlar olib bormoqdamiz. Biroq talablarni bajarish oson bo'layotgani yo'q. CHunki rasmiy ishlardan tashqari ular qo'ygan talablarni mamlakatimizda joriy qilish yani, kriket maydonchalarining yo'qligi, kriket bo'yicha shug'ullanuvchi o'g'il-qizlarimizni kriketga mos keng stadionlarda tuqmoqda urish singari bir qancha mashg'ulotlarni emin –erkin bajarolmayotgani bizni biroz qiynab, to'siq bo'lib turibdi. Yana bir jihatni hisobga olishimiz kerakki, kriket orqali biz ertaga O'zbekistonga ko'plab investorlarni, turistik sayyohlarni jalb qilishimiz mumkin. Bu borda  “Kriket va turizm” degan mavzuda ilmiy ishlar olib borilgan va bu o'z isbotini topgan. Kriket sport turini mamlakatimizda rivojlantirishimiz orqali aynan atrofimizdagi Afg'oniston, Pokiston, Hindiston, Bangladesh, SHri-Lanka va shunga o'xshash yaqin davlatlardan ko'plab xorijiy sayyohlarni olib kirishga erishamiz. Hamkorlik doirasida ham keng ko'lamli ishlar boshlangan. Ichki hamkorlik doirasida Davlat statistika qo'mitasi bilan kelishuvga erishdik.  Endilikda statistika qo'mitasi xodimlari bilan jamoalar shakllantirilgan holda ham o'yinlar tashkil etiladi. Bundan tashqari biz yaqinda  xalqaro hamkorlik doirasida Afg'oniston kriket kengashi bilan muzokoralar olib bordik. Va ular bilan hamkorlik memorandumini imzoladik. Memorandumdan maqsad avvalo Afg'oniston kriket kengashi xalqaro kriket kengashining to'liq azosi hisoblandi  va ularda kriket professional darajada rivojlanganki, xalqaro kriket olamida o'z mavqeigaega. Bizga ulardan kriket trenerlarini tayyorlash, kriket bo'yicha texnik va taktik usullar, jamoalarni shakllantirish kabi o'zaro yordam almashishlarni nazarda tutganmiz. Yaqinda ushbu memorandum xusisida ham rasman axborot beramiz.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing