06 iyu 07:02
Yangiliklar
Sport kurashlari

Yosh yunon-rum kurashchilarimiz Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida uchinchi bo'lishdi
Qirg'iz Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida sport kurashlari bo'yicha o'smirlar (U15) o'rtasida Osiyo chempionati start oldi.
Qita birinchiligini yunon-rum kurashchilar boshlab berishdi. Barcha vazn toifalarida kechgan bellashuvlarda O'zbekiston terma jamoasi azolari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.
Ushbu natija bilan “klassik” kurashchilarimiz umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Bugun qizlar kurashi bo'yicha bahslar o'tkaziladi.
Oltin medal:
-44 kg: Sodiqjon Hamidov
Kumush medallar:
-41 kg: Afruzbek Ibragimov
-52 kg: Samandar Madaminov
Bronza medallar:
-38 kg: Mehmet Annageldiev
-57 kg: Muhammadaziz G'ofurov
-62 kg: Muhammadrasul Hakimov
-75 kg: Azamat Rahmatov
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar