So’nggi yangiliklar

21:31CAFA Nations Cup-2025: Терма жамоамиз Туркманистонни мағлуб этди 0 19:39Мэнни Пакьяонинг кейинги жанги ҳам камар учун бўлиши мумкин 0 19:17Ўзбекистон сафидаги франциялик триатлончи Куиндос Осиё чемпионатида совриндор бўлди 0 18:55"16 ноябрда дам оламан". Махачев асосий эътиборини Делла Маддаленага қарши жангга қаратганини айтди 0 18:34Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони! 0 18:11ФИДЕ рейтинги янгиланди: Нодирбек Абдусатторов энди кучли ўнликда эмас 0 17:50Гулистон мезбонлик қиладиган ATFC 23 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 17:29Боксчиларимизнинг Ливерпулдаги Жаҳон чемпионати учун таркиби расман эълон қилинди 0 17:17Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин 0 16:52Менеджер Арман Царукяннинг UFC’даги эҳтимолий рақибини айтди 0 16:28Ислам Махачев UFC`да суперюлдузлар йўқлигини изоҳлади 0 16:07Белбоғли кураш дунё бўйлаб қулоч ёзмоқда 0 15:46"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олди 0 15:25Рамазон Темировнинг вазнида муҳим рейтинг жанги эълон қилинди 0 15:04Пара велоспортчиларимиз Жаҳон чемпионатида Осиё жамоалари орасидаги энг яхши натижани қайд этди 0

08 noy 07:43
Yangiliklar

Boshqalar

Kriket trenerlarini tayyorlash bo'yicha amaliy harakat boshlandi

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni, jumladan, kriket sport turini keng ommalashtirish, mazkur sport turi bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha O'zbekiston kriket federaciyasi tomonidan amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Xususan, O'zbekiston Kriket federaciyasi kriket bo'yicha ikki bosqichli   murabbiylarni (Level-1 Criket Coaching ) tayyorlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda viloyatlarda jismoniy tarbiya o'qituvchilari, sport maktablari murabbiylarini jalb qilgan holda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshladi. 

Ushbu ikki bosqichli o'quv-seminarga Pokiston Islom Respublikasidan taklif etilgan kriket bo'yicha oliy toifali trener Tohir Muhammad hamda O'KF raisi Aziz Mixlievlar olib borishmoqda. Ayni paytda mutaxassislar tomonidan Buxoro viloyatida 18 nafar jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari ishtirokida birinchi boqich murabbiylik kursi o'tkazildi va yakunda ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi. 

Bu tartibdagi o'quv-seminarlari O'zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi hamda O'zbekiston Kriket federaciyasining taqvim-rejasiga ko'ra, noyabr oyida Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Farg'ona, Andijon va Toshkent viloyatida bo'lib o'tadi. 

SHuningdek, joriy yil dekabr oyida O'zbekiston Kriket federaciyasi Xalqaro Kriket Kengashining (ICC) mutaxassislarini jalb qilgan holda ikkinchi bosqich o'quv-seminarlarini o'tkazadi. Bunda seminar ishtirochilari o'quv-mashg'ulotlarni yakunlagach, imtihon topshirishadi va imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tgan tinglovchilar Xalqaro Kriket Kengashining birinchi bosqichli xalqaro  kriket murrabbiysi guvohnomasiga ega bo'lishadi. 

Muhim jihati, birinchi bosqich xalqaro kriket murabbiylik guvohnomasini qo'lga kiritgan trenlar nafaqat mamlakatimizda balki xorijiy davlatlarda ham kriket bo'yicha trenerlik qilish imkoniyatiga ega bo'lishadi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing