So’nggi yangiliklar

19:23Аманда Нунес жамоасида Кайла Харрисонга қарши жанг санаси маълум қилинди 0 19:02Дзюдочиларимиз "Jenys" таркибида Континентал Лиганинг "Шарқ" дивизиони ғолиби бўлишди 0 18:41"Бетис" Антонининг трансферини ҳал қилди — Here We Go! 0 18:20Разамбек Жамалов UFC'дан таклиф бўлганини айтди 0 17:59Абдул-Раҳмон Яҳёевга UFC`да дебют жанг берилди 0 17:38Ўзбекистонлик ёш фигурали учувчи Туркия Гран-присида иштирок этди 0 17:1739 ёшли Жеймс Милнер АПЛ тарихига кирди 0 16:56Проф боксда амалдаги энг ёш жаҳон чемпиони илк ҳимоя жангини ўтказади 0 16:35Академик эшкак эшувчиларимиз икки ёш тоифасидаги қитъа биринчилигида 7 та медалга эга чиқишди + ФОТО 0 16:14Муроджон Аҳмадалиевнинг бугунги очиқ машғулотидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 15:53Доннарумма "Манчестер Сити"да — Here We Go! 0 15:32Велотрекчиларимиз Осиё кубогида 11 та медаль қўлга киритишди + ФОТО 0 15:11Карлос Алькарас — 13 "Катта Дубулға" турнирлари 1/4 финалига чиққан энг ёш теннисчи! 0 14:50Майрис Бриедис Усик учун икки хавфли жангчини тавсия қилди 0 14:29Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда 0

29 okt 07:20
Yangiliklar

Boshqalar, Qiziqarli!

Makgregor, Ronaldu, Bolt, Messi... Oxirgi yillarda videoo'yinlar qahramoniga aylangan sportchilar

Teglar :  Videoo'yinlar
PUBG yoki to'liq nomi PlayerUnknownʼs Battlegrounds Mobile (tarjimasi – “Nomalum o'yinchilarning jang maydoni”) hozirda eng ommalashgan o'yinlardan biri hisoblanadi,

Oxirgi bir-ikki kun ichida chiqqan malumotlarga ko'ra, PUBG'ning yangilangan versiyasida Argentina TJ sardori hamda PSJ azosi Lionel Messining personaji kiritiladi. Etti karra “Oltin to'p” sohibi o'yin mutasaddilari bilan hamkorlik yo'l qo'yilgani haqida rasmiy sahifalari orqali xabar berdi. PUBG'ning yangi qismi JCH-2022'ga ataladi va bo'lajak mundial 20 noyabrdan start oladi.

Messi bahonasida oxirgi yillarda videoo'yinlar qahramoniga aylangan sportchilarni eslab o'tamiz.

Neymar va Pogba

“Yuventus” xavbeki Pol Pogba hamda PSJ etakchilaridan biri Neymar “Call of Duty: Modern Warfare 2” shuterida ko'rinish beradi. SHuningdek, Messi ham unda ko'rinish berishi kutilmoqda. O'yinning birinchi fasli 16 noyabrda sotuvga chiqdi va dekabr o'rtalarida uning navbatdagi qismi kibero'yinlar ixlosmandlariga taqdim etilishi kutilmoqda.

Konor Makgregor

UFC yulduzi Konor Makgregor 2016 yil “Call of Duty: Infinite Warfare” shuterida marslik bosqinchi obrazida gavdalangan. Konor ushbu videoo'yinda nafaqat pul uchun, balki, uni o'ynashni yaxshi ko'rgani uchun rol ijro etganini aytgandi.

- Ko'p yillardan beri mazkur o'yinga muxlis edim. 2-3 soat mashg'ulot olib borib, uyga yugurardim va o'tirib, “Black Ops 2”ni (2012 yil chiqqan) o'ynardim. Yaqinlarim chaqirsa ham, o'yin meni o'ziga tortardi va tongga yaqin uni tugatardim.

Menga taklif berishganda esa o'ylab o'tirmay rozilik berdim, degan irlandiyalik yakkakurash ustasi.

O'yin imkon qadar real ko'rinishga ega bo'lishi uchun Konorning harakatlari 3 D model va yuz ifodalarini uzatuvchi maxsus sensorlar bilan jihozlangan kiyimda suratga olingan (motion capture).


SHuningdek, Makgregor 2020 yil noyabrida “Dystopia: Contest of Heroes” mobil o'yini anonsini elon qilgandi.


Krishtianu Ronaldu

2020 yil, 7 dekabrda yana bir ommobop o'yinlardan biri bo'lgan “Free Fire”ning Kronos operaciyasi nomli yangilangan versiyasi taqdim etiladi. Unga o'sha vaqtda “Yuventus”da bo'lgan Krishtianu Ronalduning personaji ham kiriltilgandi. Olingan malumotlarga ko'ra, bu sportchi va o'yin mutasaddilari bilan tuzilgan tarixdagi eng katta shartnoma bo'lgan.


Useyn Bolt

Sprint bo'yicha 8 karra olimpiya chempioni Useyn Bolt FIFA 19 simulyatorida kartochkaga ega bo'ldi. Uning tezligi maksimal 99 qilib ko'rsatilgan va bu mazkur o'yin tarixidagi rekord sifatida qayd etilgan. U “Sentral Kost Mariners” (Avstraliya) klubi futbolchisi sifatida ro'yxatdan o'tgandi.


 Muallif : Eldor Akmurzayev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing