So’nggi yangiliklar

12:53"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади 0 12:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Жаҳон кубогида қатнашиш учун Астанага етиб борди, таркибимиз маълум 0 12:09Мураббий нима учун Ислам ва Топурия ўртасида жанг бўлмаганини айтди 0 11:4546 ёшли Мэнни Пакьяо боксдаги мақсадини айтди 0 11:21Суперлига. Бугун 2 та учрашув бор 0 11:00МОҚ раҳбарияти Турин политехника университетида IT ва инновацион стартаплар билан танишди 0 10:3918 та эйс Тэйлор Фрицни фаолиятидаги 18-финалга олиб чиқди 0 10:18Жек Пол, Хулио Сезар Чавес, Рамирес, Дортикос тарозига чиқди 0 09:57“Насаф“ етакчисига Қатар ва БААдан таклиф бор 0 09:36Асламжон Ортиқовнинг мезбонга қарши жангида нокаут қайд этилди + ФОТО 0 09:15Деонтей Уайлдер бир йиллик танаффусдан сўнг рингга қайтди 0 08:54Халқаро стол тенниси федерацияси билан ҳамкорликни янада кучайтириш масалалари муҳокама қилинди 0 08:33Ансу Фати янги жамоаси учун тиббий кўрикдан ўтди 0 08:12UFC 317 турнирининг расмий тарози маросими ўтказилди, битта жанг бекор қилинди 0 19:02"Мен қилган хатони сен такрорлама". Сен-Пьер Махачевга маслаҳат берди 0

28 fev 15:41
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Maxachev 9 kg ortiqcha vazndan qutila oladimi? UFC yulduzlaridan yana kimlar shunday muammoga duchor bo'lishgan?

7 mart kuni Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC kechasi bo'lib o'tadi.

UFC 259 turnirida rossiyalik jangchi Islam Maxachev Dryu Doberga qarshi oktagonga ko'tariladi. CHiqqan malumotlarga qaraganda, Maxachev jangga o'n kun qolganda 9 kg ortiqcha vazn tashlashi kerakligi xabar qilingandi. Barchaga malum, MMAda jang qilishdan ham qiyinroq ish vazn tashlash bo'ladi, biroq tajribali jangchilar bu ishni qiyinchilisiz uddalashga harakat qilishadi. Hozir UFC'ning bir qator yulduzlarining vazn tashlashi haqida fikr yuritamiz.


Xabib Nurmagomedov

Engil vaznning engilmas chempioni Xabib Nurmagomedov doim vazn tashlashga to'g'ri keladi. Engil vazn toifasida limit 70 kg.ni tashkil qiladi, biroq Xabib jang qilmaydigan vaqtlarida uning vazni 85-87 kg.gacha etadi. Xabib vazn tashlashdagi muammolari sababli bir nechta janglarda taroziga chiqishga ulgurmasdan ahvoli og'irlashib qolib, shifoxonaga olib ketilgan. Biroq "Burgut" xatolaridan to'g'ri xulosa chiqarishni boshladi va so'nggi janglarida qiyinchiliksiz vazn ko'rsatmoqda. Aynan Xabib Islamning vazn tashlashiga yordamlashadigan asosiy figuraga aylanadi. 


Jon Jons

Jon Jons haqida gap ketganda, ko'pchilik ekspert va muxlislar uni haqiqiy og'ir vazn jangchisi deb hisoblar edi, biroq Jons o'tgan yilga kelibgina yarimog'ir vazn kamaridan voz kechib bitta tepa vaznga o'tdi. Yarimog'ir vazn jangchisi 93 kg. tosh bosishi lozim bo'ladi. Jons esa oddiy kunlarda 108 kg vazn bilan harakatlagan. Biroq amerikalik hech qachon vazn tashlashda qiyinchilikka uchramagan va doim kerakli vaznni ko'rsatgan.


Paulo Kosta

Paulo Kostaning tanqidchilari doim braziliyalikning o'rta vazn jangchisi emas deb tanqid qiladi. Nega? O'rta vazndagi limit 84 kg, biroq Pauloning vazni esa o'rtacha 100-105 kg bo'ladi. Unga bir necha bor bitta yuqori vaznga o'tish haqida maslahat berishadi, ammo Kostaga bu gaplarning tasiri yo'q. O'rta vazn chempioni Israel Kostani aldoqchi deb bir necha bor tanqid qildi. Lekin shu vaqtgacha USADA Kostaga etiroz bildirmagan.


Joze Aldo

Engil vazn toifasida sobiq UFC kamari sohibi Joze Aldo engil vazn toifasiga doir barcha vaznlarda jang qildi. Uning odatiy vazni 77-80 kg bo'ladi. Biroq Joze so'nggi jangini Marlon Moraesga qarshi jang qildi va vazn o'lchash marosimida 61 kg tosh bosdi. Vazn o'lchash marosimida Aldoning holatiga hech kim havas qilmaydigan darajaga kelib qoldi. 


Kamaru Usman

Nigeriyalik chempion UFC'ga kelishdan avval o'rta vaznda jang qilardi. Biroq Usman yarimo'rta vaznda jang qilishga hech qanday to'siq yo'q. U bu vaznda belgilangan limit 77 kg vaznni qiyinchiliksiz ko'rsatadi. Kamaru navbatdagi janglariga tayyorgarlikni boshlashidan avval 90-92 kg vazn ko'rsatadi. Bu degani - har bir jang uchun kamida 13-15 kg vazn tashlash kerak bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing