So’nggi yangiliklar

19:23Аманда Нунес жамоасида Кайла Харрисонга қарши жанг санаси маълум қилинди 0 19:02Дзюдочиларимиз "Jenys" таркибида Континентал Лиганинг "Шарқ" дивизиони ғолиби бўлишди 0 18:41"Бетис" Антонининг трансферини ҳал қилди — Here We Go! 0 18:20Разамбек Жамалов UFC'дан таклиф бўлганини айтди 0 17:59Абдул-Раҳмон Яҳёевга UFC`да дебют жанг берилди 0 17:38Ўзбекистонлик ёш фигурали учувчи Туркия Гран-присида иштирок этди 0 17:1739 ёшли Жеймс Милнер АПЛ тарихига кирди 0 16:56Проф боксда амалдаги энг ёш жаҳон чемпиони илк ҳимоя жангини ўтказади 0 16:35Академик эшкак эшувчиларимиз икки ёш тоифасидаги қитъа биринчилигида 7 та медалга эга чиқишди + ФОТО 0 16:14Муроджон Аҳмадалиевнинг бугунги очиқ машғулотидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 15:53Доннарумма "Манчестер Сити"да — Here We Go! 0 15:32Велотрекчиларимиз Осиё кубогида 11 та медаль қўлга киритишди + ФОТО 0 15:11Карлос Алькарас — 13 "Катта Дубулға" турнирлари 1/4 финалига чиққан энг ёш теннисчи! 0 14:50Майрис Бриедис Усик учун икки хавфли жангчини тавсия қилди 0 14:29Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда 0

21 okt 15:02
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Maxachevning yagona mag'lubiyati: Islam raqibini deyarli nokaut qilgandi - Abdulmanap Nurmagomedov o'zini aybdor his qilib yig'lagan, uning raqibi esa bu g'alabadan so'ng boshqa g'alaba qozonmagan

Maxachevning yagona mag'lubiyati: Islam raqibini deyarli nokaut qilgandi - Abdulmanap Nurmagomedov o'zini aybdor his qilib yig'lagan, uning raqibi esa bu g'alabadan so'ng boshqa g'alaba qozonmagan.

Bu jang ideal natijani barbod qilgan.

SHu dam olish kunlarida Islom Maxachev CHarlz Oliveyraga qarshi UFC kamari uchun jang qiladi. Dog'istonlik o'zining do'sti Xabibning izidan bormoqda. Biroq ularning orasida bitta farq bor: Xabib faoliyatida mag'lub bo'lmagan. Maxachevda esa bitta mag'lubiyat bor.

Islamning faoliyatidagi yagona mag'lubiyati 2015 yilning 3 oktyabr kuni sodir bo'lgandi. Bu jang Maxachevning UFC'dagi ikkinchi jangi edi. O'shanda unga 33 yoshli Braziliya vakili Adriano Martins raqiblik qilgan.

Islam UFC'dagi ilk jangida Leo Kuncani qiyinchiliksiz mag'lub etgandi. Umuman olganda Martins ancha tajribali jangchi, u UFC'da ancha janglarda ishtirok etib qo'yganlardan biri edi. U Maxachevga qadar yana bir Dog'iston vakili Rustam Xabilovni mag'lub etgandi.

O'sha vaqtlarda Adrianoning rekordi 27-7 edi, biroq Islam jangga hech qanday qo'rquvsiz tushdi. Islam jangni ajoyib tarzda boshladi. Dastlabki daqiqalardan oktagon markazini egalladi va birinchi raqamda harakat qildi. Biroq raundning ikkinchi daqiqasida Islamning faoliyatini buzib tashlagan zarba sodir bo'ldi. Maxachev sevimli overxand zarbasini amalga oshirdi, biroq Martines unga qarshi zarba yo'lladi va Islam kanvasda! Hakam shu joyida jangni to'xtatishga qaror qildi.

SHu tariqa, Islam faoliyatidagi ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi. Og'riqli mag'lubiyatdan so'ng Islamning o'ziga kelishi ancha qiyin bo'ldi va deyarli bir yil davomida oktagonga ko'tarilmadi.

Keyinchalik Islam mag'lubiyatga o'zi aybdor ekanligini va haddan tashqari o'ziga ishonib yuborganini tan olgan.

«Jang boshida men qarshi zarbaga duch keldim va hakam to'xtadi. Kimdir meni bir zarba bilan to'xtata oladi, degan xayolim yo'q edi. Menda hech qachon nokdaun bo'lmaganman. Men umuman bunday holatga tushmagandim. Mashg'ulotlarda kuchli zarbalarni o'tkazib yuborardim va hech qachon bu zarbalarni sezmaganman. Men o'zimga juda qattiq ishonardim. SHunchaki unga otildim va zarba qabul qildim. Bu menga dars bo'ldi. Har qanday zarba so'nggisi bo'lishi mumkin. Men ishonuvchi insonman va kelajakka ishonardim»,-deb fikr bildirgan Islam bir necha yil o'tib.

O'sha vaqtlardagi Islamning murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov bu mag'lubiyatga o'zini aybdor deb his qilardi. Jang yakunidan so'ng Nurmagomedovlarning kattasi ko'z yoshini ham to'xta olmagan.

«Mening so'nggi yillardagi sportdagi yagona ko'z yoshim Islamning jangida sodiq bo'lgan. Men Mendes va Islamning gaplariga rozi bo'ldim va Islam jangda turib harakat qilishiga rozi bo'ldim. U Martinsga qarshi jangda parterda qiyinchiliksiz mag'lub etishini bilardim, biroq unu turib jang qilishga rozi bo'ldim va bitta zarbada Islam “uxladi”. Bu uning faoliyatidagi yagona mag'lubiyati. Bu mening faoliyatimdagi eng katta xatoyim edi»,-deb intervyu bergan Abdulmanap Nurmagomedov.


Biroq shu mag'lubiyat ham Islamning kelajagiga foydali bo'ldi. Islam o'zi aytgani kabi bu mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqardi. U har bir jangdan so'ng yanada rivojlanishni boshladi. Islamni nokaut qilgan Martins esa bu g'alabadan so'ng boshqa umuman UFC'da g'alaba qozonmadi.

Islam UFC kamarini qo'lga kirita oladimi yo'qmi bugun 22 oktyabr kuni bilib olamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing