01 sen 11:20
Yangiliklar

Uittaker Maxachev – Maddalena jangida avstraliyalikni favorit hisoblamoqda
"Men Jekning g'alabasiga tikaman. Menimcha, unda parterga o'tishlarga, Islam qo'llaydigan hujumlarga qarshi turish uchun zarur bo'lgan o'ziga xoslik, jasorat, matonat, qatiyat bor. Tik holatdagi jangda ham Jek kuchliroq deb hisoblayman. Fikrimcha, Jek Islamga qaraganda besh raundlik jangga yaxshiroq tayyorlangan, ayniqsa, agar u parterga o'tishga harakat qilsa. Ko'pchilik Dellaning kurashi va jiu-jitsusiga etarlicha baho bermaydi. O'ylaymanki, Islam hamma kutganidek jangni parterga o'tkazishga jon-jahdi bilan harakat qilmaydi, chunki Jek parter holatidan ham hujum qilishning ajoyib ko'nikmalariga ega. Ulardan birortasi biron-bir jabhada ustunlikka ega deb o'ylamayman. Lekin Maddalenaning yo'qotadigan narsasi yo'q, Maxachev esa tavakkal qilishga majbur bo'ladi", - dedi Uittaker.
Eslatib o'tamiz, Islam Maxachev - Jek Della Maddalena jangi 15 noyabr kuni Nyu-York shahrida tashkil etiladigan UFC 322 turniri doirasida avstraliyalikka tegishli yarimo'rta vazn toifasidagi UFC chempionlik kamari uchun bo'lib o'tadi.
Fikrlar