So’nggi yangiliklar

19:17Перейра дебют жангидаёқ UFC рекордини ўрнатади 0 18:56Виржил Ортис: "Мен у билан жанг қилмоқчиман — тез орада бу тўқнашув амалга ошади" 0 18:35Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди 0 18:14UFC Қатарда турнир ўтказишини эълон қилди 0 17:53Спорт вазирлигида паралимпия ҳаракатини ривожлантиришга бағишланган тақдимот бўлиб ўтди 0 17:32UAE Warriors чемпиони Хотамбек Бойназаровнинг кейинги жанги санаси ва манзили маълум бўлди 0 17:11Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди 0 16:50АҚШда жангида мағлуб бўлганидан бир неча соат ўтиб, 37 ёшли боксчи вафот этди 0 16:29Пара таэквондо терма жамоамиз халқаро очиқ челленж мусобақасида иштирок этади 0 16:08Расман. Эннис IBF чемпионлик камаридан воз кечди 0 15:47Рустам Ашурматов "Истиқлол"да тиббий кўрикдан ўтди + ФОТО 0 15:26Уимблдон. Арина Соболенко 1/2 финалда ўйнайди 0 15:05Президент қарори қабул қилинди: Ўзбекистон спортчилари Олимпия ва Паралимпия ўйинларига комплекс тайёрланади 0 14:44Самарқанд FIDE Grand Swiss 2025 иштирокчилари тасдиқланди 0 14:23"Деярли ҳар куни йиғлардим" 0

01 sen 13:20
Yangiliklar

Boshqalar

MDH o'yinlari. Mamlakatimiz sport delegaciyasi Qozonga etib bordi

Teglar :  MDH o'yinlari
Xabaringiz bor, shu yilning 4-11 sentyabr kunlari Rossiyaning Qozon shahrida ilk marotaba birinchi Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi o'yinlari bo'lib o'tadi.

Musobaqa sportning 17 ta turi bo'yicha tashkil etiladi. Unda mintaqaning 10 ta davlatidan 1 500 nafarga yaqin sportchi, 400 nafarga yaqin hakamlar va 100 nafarga yaqin boshqa sport sohasi mutaxassislari qatnashadi. Tabir joiz bo'lsa aytish kerak, «kichik olimpiada» bahslarida MDH mamlakatlari sportchilari 182 ta medallar jamlanmasi uchun bahslashadi.



Kecha O'zbekiston sport delegaciyasi azolari Rossiyaga jo'nab ketishdi. Delegaciya tarkibidan Turizm va sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo'mitasi masul xodimlari, sportning boks, erkin va yunon-rusm kurashi bo'yicha terma jamoa azolari, umumiy hisobda 70 nafardan ortiq kishi o'rin olgandi.


Mamlakatimiz sport delegaciyasini kuzatish marosimida Turizm va sport vaziri o'rinbosari Avazjon Karimov ham ishtirok etdi va sportchilarimizga omad tiladi.

Kecha tunda Qozonga etib borgan vakillarimiz mazkur sport o'yinlari uchun barpo etilgan Olimpiya shaharchasiga joylashishdi.




Mamlakatimiz sport delegaciyasining ikkinchi qismi 3 sentyabr kuni, yakuniy qismi esa 6-7-sentyabr kunlari Rossiyaga jo'nab ketadi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing