So’nggi yangiliklar

19:20Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди 0 18:58Илия Топурия: "Мен Арман Царукянни финиш қиламан" 0 18:37"Жанг фақат камар учун". Шавкат Раҳмонов Муҳаммадга қарши жанг қилмайди 0 18:14Мераб Двалишвили: "MMA’да энг ёқтирмайдиган нарсам — вазн ташлаш" 0 17:51МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда 0 17:29Америкалик UFC жангчиси: "Евлоев камар учун жанг қилиши керак. Бу сиёсий ўйинлар" 0 17:07"Уни нокаут қилишдан хурсанд бўламан". Жастин Гэтжи Топурияга қарши жанг ҳақида гапирди 0 16:54Алмабаевнинг мураббийи Темиров билан жанг бекор бўлганига муносабат билдирди 0 16:43Мураббий Рамазон Темировнинг жанги бекор бўлганини тасдиқлади 0 16:41Яна тўрт ёш дзюдочимиз Kocaeli European Judo Hopes турнирида шоҳсупага кўтарилди 0 16:35Рамазон Темировнинг Алмабаевга қарши жанги бекор бўлдими? 0 16:16U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди 0 15:55"Дивизиондаги энг енгил жанглардан бири". Илия Топурия — кейинги рақиби ҳақида гапирди 0 15:33Уимблдон 1/4 финалига чиққан Анисимова Топ-10`таликда дебют қилади 0 15:12Царукян UFC 319 олдидан Чимаевнинг машғулот лагерига қўшилди (ФОТО) 0

08 avg 19:50
Yangiliklar

Messi "Barselona"da qolishi uchun barchasiga tayyor bo'lgan. U barcha haqiqatni malum qildi

Teglar :  MessiBarselona
Hujumchi Leo Messi "Barselona"dan ketishiga bag'ishlangan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Barselona"ga qaytishi haqida

"Umid qilamanki, bu erga yana qaytaman va yana klubning bir qismi bo'laman. "Barselona" dunyoning eng yaxshisi bo'lishi uchun istalgan ishni bajarishga tayyorman. Albatta, ketayotganimdan ko'p narsalarni unutishga to'g'ri keladi. Ammo buni o'ylab, gapirish uchun hozir kayfiyatim yaxshi emas".

PSJga o'tishi haqida

"PSJ - ehtimoliy variant. Biroq hozirga qadar bu rasman malum emas. "Barselona"ning bayonotidan keyin ko'plab klublardan taklif olganman. Hozirda muzokaralar davom etmoqda. Ko'p narsa aniq emas".


"Barselona" haqida

"Men bu klubning qadriyatlari asosida o'sdim, kamtar bo'ldim, "Barselona" libosida harakat qildim. Meni bu erdagilar nafaqat maydonda, balki, uning tashqarisidagi ishlarim uchun ham eslab yurishlarini istayman.

Bu erda faoliyat olib borganimdan, sovrinlar va mag'lubiyatlardan xursandman. Bu juda yorqin davr bo'ldi. G'alabalarni muxlislar bilan nishonlash, rafiqam va bolalarim bilan xursandchilik qilish juda yoqimli.

Qayg'udaman. Klubni juda og'ir tarzda tark etyapman. Buni kutmagandim. Buni boshida ham aytdim. Faks orqali shartnomani bekor qilishni so'ragan paytim ketishni istaganman, ammo hozir emas. Mana nima alam qilyapti.

Futbolchilar "Barselona"da o'ynashda davom etadi. Klub barchasidan muhim. Odamlar vaqt o'tgani sayin barcha narsaga o'rganadi. Boshida g'alati bo'lishi mumkin, ammo keyinchalik oddiy holga aylanadi. "Barselona"ning tarkibi ajoyib.


Sovrinlar haqida

"Yana bir bora ECHLni yutmaganim og'riqli bo'lib kelgan. "Liverpul"ga qarshi yarim final o'yiniga qadar bunga yaqin edik. Pep davrida "CHelsi"ga qarshi o'yinga qadar bunga yaqin edik.

Yana bir marta ECHLni yuta olardik. Ammo hech nimadan tana qilmayman. Biz doimo qo'limidan kelganini qilganmiz. Men esa doimo g'alabalar qozonaverishni istaganman.

Maqsadim - yutishda davom etish. Yana chempion bo'lishni va Dani Alvesga etib olishni istayman. Umuman olganda bunga yaqin kelib qoldim"


Maoshi haqida

"Maoshimni 50 foizga pasaytirdim. Hatto ular istaganidan ham ko'proq kamaytirdim. Odamlar yana 30 foiz maoshning pasayishiga qarshi bo'lganim borasidagi mish-mishlarni tarqatishdi. Bu bo'lmagan gap.

Qolishim uchun barcha ish qilindi. Muxlislar bilan ochiq gaplasha olaman. Atrofimda bo'lgan mish-mishlarning katta qismi yolg'on.

Ularga doimo haqiqatni gapiraman. Ular bilan birga katta bo'ldim va ularni aldashga haqqim yo'q"

Reyting: +1   

Fikrlar

   
08 avg 22:52:09
Bobirbek Abdurahimov
seni bowqa klub libosida koriwni oʻylamagandim ham
   
08 avg 21:55:24
Artur7001
Мужик
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing