So’nggi yangiliklar

19:02Волкановски Топуриянинг кучсиз томонини айтди 0 18:39"Адолатли бўлиш керак". Сехудо UFC’ни Царукян - Топурия жангини ташкил қилишга чақирди 0 18:17"Ал Аҳли" Мессини сотиб олмоқчи 0 17:51"У даъвогар бўлишга арзийди". Волкановски кимни кейинги рақиб сифатида кўришини айтди 0 17:25Топурия қайси спортчига ўхшашни исташини айтди. Бу Роналду эмас 0 17:01Ислам Махачев фаолиятини қачон якунлаши ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:39Файзуллаев бўйича "Истанбул"дан расмий таклиф кутилмоқда: ЦСКА эса уни сақлаб қолмоқчи 0 16:17Менежер Топуриянинг кейинги рақибини очиқлади. Бу Пимблетт эмас 0 15:53Царукян: "Топурия Оливейрани нокаут қилишини олдиндан билган" 0 15:28Эдди Хирн Жошуанинг қачон рингга қайтишини айтди 0 15:07Расман: Достон Бозоров чемпионлик камарини вакант қолдирди. Титулнинг янги эгаси Тошкентда аниқланади (ПОСТЕР) 1 15:03Футбол. Ўзбекистон Уругвай билан ўртоқлик ўйини ўтказади 0 14:41WBA танқидлар ортидан Жейк Полни рейтингдан чиқариб юбориши мумкин 0 14:20"Мен кутишни хоҳламайман". Ислам Махачев навбатдаги жанги борасида фикр билдирди 0 13:59Қозоғистон ўз мезбонлигидаги Жаҳон кубогидан кейин медаллар жамғариш рейтингида иккинчи ўринга кўтарилди, биз ҳамон пешқадаммиз! 0

29 iyu 15:33
Yangiliklar

Boks/MMA, Tokio-2020

Mirzahakim To'xtamirzaev: "Olimpiadada qarzlarni to'layapmiz? Kimdan qarz olgandik?"

Taniqli sharhlovchi Mirzahakim To'xtamirzaev championat.asia saytiga bergan intervyusida ayni paytda davom etayotgan Olimpiya o'yinlari haqida fikr bildirdi.

Jurnalist sharhlovchiga "Tokio Olimpiadasida Rio va Osiyo chempionatlaridagi qarzimizni to'layapmizmi?" mazmunida savol berdi

Mirzahakim To'xtamirzaev esa ushbu savolga quyidagicha javob berdi:

- Qanaqa qarz? Kimdan qarz olgandik? Bilasizmi, el og'ziga elak tutib bo'lmaydi. Agar shunday bo'lsa 2017 yilda Toshkentda o'tkazilgan Osiyo chempionatidan so'ng qo'shnilarimiz Qozog'iston terma jamoasi vakillari hafa bo'lishlari lozim edi. Ammo o'shanda ular ortiqcha etiroz bildirishmagandi.

Mayli, o'sha yili Osiyo chempionatida o'z uyimizda boshqalardan kuchli ekanligimizni isbotladik. Lekin, Ekaterinburgdagi jahon chempionatida ham birinchi bo'ldik. Agar bunday tabir bilan aytadigan bo'lsak, o'sha musobaqada rossiyaliklar birinchi bo'lishlari kerak edi. SHuning uchun, qarzlarni to'layapmiz degan fikrga qo'shilmayman.

Sportda shunday narsa bor: yaqqol ustunlikka ega jamoaga barcha qarshi bo'ladi.

O'z vaqtida Kuba jahon boksida ustun bo'lganda Rossiya, AQSH, O'zbekiston, Qozog'iston, Germaniya va boshqa mamlakat bokschilari uchun sharaf edi. Bugun barcha o'zbek bokschisini mag'lub etishiga intilmoqda. Ular bu orqali o'z obro'larini oshirib olishga urinmoqda. Bu tomonlama raqiblarda shijoat kuchli bo'lishini tan olishimiz lozim. 

Hakamlar ham inson, ular ham qachondir, kimgadir xayrixohlik bildiradi. Yodingizda bo'lsa, Hasanboy Do'smatov Germaniyadagi jahon chempionati finaliga chiqqan va o'shanda yakunda kubalik bokschiga qarshi jangdan so'ng kumush medalni qo'lga kiritgandi. O'shanda jangdan so'ng kubalik bokschining qo'li baland ko'tarilganida, raqib sekundantlarining og'zi ochilib qolgandi. O'shanda buni ko'rganman. Ana shunday hakamlarga insof bersin, bu sport.

To'liq intervyuni tomosha qiling:


Reyting: -1   

Fikrlar

+1   
29 iyu 17:02:13
Мухлис
Хасанбойнинг ўша мағлубиятини эслаб ўтдингиз. Ростдан ўшанда Хасанбой янчиб ташлаган эди рақибини. Аммо келишилганлиги аниқ кўринди. Рақиб хали очколар айтилмасдан қўлини кўтариб олди худди ютишини олдиндан билгандай. Ўшанда Дўстматов ютган эди.
   
29 iyu 17:17:34
Bahrom Abdurahmonov
G'ofur Rahimov to'g'ri qilgan bo'lsa ham, nomardlik qilmagan ekanku! Olimpiada boksining kuni LGBTchilarga qolsa nima bo'lishini ko'rdik! Qanaqadir yapon gimnastikachisi boksni nazorat qilyapti ekan!
   
29 iyu 15:55:13
Aziz
Nuriddin 77 foydalanuvchining fikriga javob berish
Тулик интервью качон чикади бизам савол йуллагандик
Жонли эфир давом этмоқда
   
29 iyu 15:53:03
Nuriddin 77
Тулик интервью качон чикади бизам савол йуллагандик
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing