So’nggi yangiliklar

19:41Мераб Двалишвили: "Пётр Ян — Умардан кучлироқ" 0 19:20Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди 0 18:58Илия Топурия: "Мен Арман Царукянни финиш қиламан" 0 18:37"Жанг фақат камар учун". Шавкат Раҳмонов Муҳаммадга қарши жанг қилмайди 0 18:14Мераб Двалишвили: "MMA’да энг ёқтирмайдиган нарсам — вазн ташлаш" 0 17:51МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда 0 17:29Америкалик UFC жангчиси: "Евлоев камар учун жанг қилиши керак. Бу сиёсий ўйинлар" 0 17:07"Уни нокаут қилишдан хурсанд бўламан". Жастин Гэтжи Топурияга қарши жанг ҳақида гапирди 0 16:54Алмабаевнинг мураббийи Темиров билан жанг бекор бўлганига муносабат билдирди 0 16:43Мураббий Рамазон Темировнинг жанги бекор бўлганини тасдиқлади 0 16:41Яна тўрт ёш дзюдочимиз Kocaeli European Judo Hopes турнирида шоҳсупага кўтарилди 0 16:35Рамазон Темировнинг Алмабаевга қарши жанги бекор бўлдими? 0 16:16U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди 0 15:55"Дивизиондаги энг енгил жанглардан бири". Илия Топурия — кейинги рақиби ҳақида гапирди 0 15:33Уимблдон 1/4 финалига чиққан Анисимова Топ-10`таликда дебют қилади 0

20 iyu 08:05
Yangiliklar

Tokio-2020

MOQ O'zbekiston Olimpiya jamoasi vakilining yaponiyalik qizga jinsiy tajovuz qilgani haqidagi xabarga munosabat bildirdi

Teglar :  MOQO'zbekiston
Ayrim xorijiy nashrlar tomonidan Tokioda bo'lib turgan O'zbekiston Olimpiya jamoasi vakilining yaponiyalik qizga jinsiy tajovuz qilgani haqida maqola chop etildi.

Bu esa bir qator o'zbek OAV va blogerlari orasida muhokamaga sabab bo'lmoqda. O'zbekiston MOQ mazkur xabarga rasmiy munosabatini bildiradi.

Bo'lib o'tgan voqelikka O'zbekiston Olimpiya jamoasining hech qanday aloqasi yo'q. “Japantimes.co.jp” nashri bergan malumotga ko'ra, voqea Tokio shahrida bo'lib turgan O'zbekiston fuqarosi D.R. bilan sodir bo'lgan. «Kyodo news» esa D.R. va u qizning birgalikda Tokiodagi “Olimpiya” stadionida volontyor bo'lib ishlagani haqida yozmoqda.

Hozir MOQ Tezkor shtabining 5 nafar vakili Tokiodagi Olimpiya shaharchasida bo'lib turibdi. Ularning vazifasi asosiy delegaciya kelguniga qadar tashkiliy masalalarni hal etib turishdir. Tashkiliy qo'mitaning talablariga ko'ra, Olimpiya shaharchasidagi shaxslarning hududdan chiqib ketishi mumkin emas va u joy kuchli nazorat ostida.

SHunday ekan, yuqoridagi voqelikka O'zbekiston Olimpiya delegaciyasining hech qanday aloqasi yo'q. SHu o'rinda yurtimizning barcha OAV, bloger va jurnalistlaridan bu kabi asossiz maqolalarga ishonmasliklarini so'rab qolamiz.

Milliy Olimpiya qo'mitasi yurtimizdagi barcha Ommaviy axborot vositalarini sportchilarimiz va ularning Olimpiya o'yinlaridagi ishtirokini xalqimizga chiroyli tarzda etkazib berishga, musobaqani keng qamrovda yoritishga chorlab qoladi. O'z navbatida, MOQ matbuot xizmati bu borada barcha malumotlarni taqdim etib boradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing