So’nggi yangiliklar

16:32Ўзбекистон спорти раҳбарлари Қозоғистон МОҚ раҳбари Геннадий Головкин ва бошқалар билан учрашди (ФОТО) 0 16:16"Диогу ва Андренинг шахсий дахлсизлиги ҳурмат қилинишини истайди" — "Ливерпуль" футбол клуби 0 15:55Тайсон Фьюри 2026 йилда Усик билан учинчи жанг бўлишини айтди 0 15:34Шаҳрам Ғиёсов WBA вақтинчалик камари учун жанг қилади, рақиб маълум — манба 0 15:13Уимблдон. Элина Свитолина учинчи даврада 0 14:52"Фенербахче" Асенсио учун ПСЖга 15 млн евро таклиф қилди 0 14:31Феруза Казакова Жаҳон кубоги ярим финалига йўл олди 0 14:10Аслида Шоҳжаҳон Эргашев рингга чиқиши керак бўлган Ованес Бачков иштирокидаги жанг 9-раундда тўхтатилди 0 13:49Сергей Фомин Марбургда муваффақиятли старт олди 0 13:28Илгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди 0 13:07Боксчиларимиз йиғин ўтказиш мақсадида Хитойга жўнаб кетишди, у ерда терма жамоамизни халқаро мусобақа ҳам кутиб турибди 0 12:46Даниэль Кормье: "Ислам Топурияни енгади, лекин..." 0 12:25Superunited Rapid & Blitz Croatia. Абдусатторов рапид бўйича учта партияда дона сурди 0 12:04“Ал Ҳилол“ “Манчестер Сити“ни мағлуб этгани учун футболчиларга қанча мукофот пули бергани маълум 0 11:43Царукян: "Топурияни фақат мен енга оламан" 0

12 may 05:47
Yangiliklar

Sport kurashlari

MOQ raisi kurashchilarimiz bilan suhbatlashdi

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi muhtaram Prezidentimizning Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga ko'rilayotgan tayyorgarlikni yanada kuchaytirish bo'yicha bergan topshiriqlari asosida faoliyat olib bormoqda.

SHu maqsadda MOQ rahbari Rustam SHoabdurahmonov erkin va yunon-rum kurashi bo'yicha terma jamoamiz vakillari bilan uchrashdi.

“Dinamo” sport majmuasida o'tgan suhbatda yig'inda ishtirok etayotgan kurashchilarimiz va ularning murabbiylari, MOQ mutasaddilari ishtirok etishdi. Uchrashuvda Rustam SHoabdurahmonov murabbiylar va sportchilar bilan Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik bo'yicha alohida suhbatlashdi. Unda ularning rejalari, oilaviy sharoitlari, Olimpiadadagi raqiblarining qanchalik o'rganilayotgani haqida gap bordi.

Eslatib o'tamiz, erkin va yunon-rum kurashi ustalari Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga 4 tadan, jami 8 ta yo'llanma olishdi. MOQ rahbari suhbat davomida Olimpiadaga tayyorgarlikni yanada kuchaytirish bo'yicha ko'rsatma berdi. 

SHuningdek, kelgusi Olimpiya o'yinlariga kuchli zaxira sportchilarini shakllantirish uchun yoshlar o'rtasida shaffof selekciya ishlarini tashkil etish va ular o'rtasida musobaqalarni ko'paytirish bo'yicha taklifini ham bildirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing