So’nggi yangiliklar

18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0

19 iyu 08:23
Yangiliklar

Dzyudo

MOQ raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi rahbari Azizjon Kamilovni tabriklaymiz!

Bugun O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, yurtimiz sporti rivoji yo'lida mehnat qilib kelayotgan jonkuyar va fidoiy rahbarimiz, "Xalq talimi homiysi" ko'krak nishoni sohibi Azizjon Kamilov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Hech kimga sir emas, Azizjon Yakubjanovich federaciya rahbari etib tayinlanganidan so'ng mamlakatimiz dzyudosidagi islohotlar yanada jonlandi. Dzyudochilarimiz tomonidan xalqaro musobaqalarda qo'lga kiritilayotgan natijalar ham ijobiy tomonga o'zgardi. Uzoqqa bormaymiz, shu yilning o'zida dzyudochilarimiz ham Osiyo, ham jahon chempionatida muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etishdi. Bishkekda o'tgan qita chempionatida terma jamoamiz azolari tarixda ilk bor 10 ta medal qo'lga kiritishdi. Jahon chempionatida Davdat Bobonov kumush medalga ega chiqqan bo'lsa, jamoaviy mikst bahslarida birinchi marotaba bronza medaliga sazovor bo'ldik. 

Muhtasham "Humo Arena"da ilk bor "Katta Dubulg'a" turniri yuqori saviyada tashkil etildi. Buni xalqaro ekspertlar ham etirof etishdi. Ilk bor kattalar o'rtasidagi jahon chempionati mezbonligi O'zbekistonga ishonib topshirildi. Yurtimiz ayollar dzyudosi tarixida ilk bor "Katta Dubulg'a" turniri medallari qo'lga kiritildi. Gulnoza Matniyazova bronza, Diyora Keldiyorova oltin medalni o'ziniki qilib oldi. Bu kabi muvaffaqiyatlar haqida uzoq gapirish mumkin.       

Fursatdan foydalanib, murabbiylar, dzyudochilar, umuman, katta o'zbek dzyudo oilasi nomidan Azizjon Kamilovni har bir inson hayotidagi unutilmas kun - tavallud ayyom bilan chin qalbdan muborakbod etamiz. Azizjon Yakubjanovichga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xotirjamlik, farzandlari rohatini ko'rib yurishlarini tilaymiz. 

Nasib qilsa, biz birgalikda yana katta yutuqlarga erishamiz. Ostonada to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi - Tokio Olimpiadasi turibdi. Azizjon Yakubjanovich boshchiligidagi yurtimiz dzyudochilari Olimpiya o'yinlarida xalqimiz kutayotgan natijaga erishish uchun astoydil harakat qiladi. 

Azizjon Yakubjanovich, yana bir bor tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing