11 iyu 18:06
Yangiliklar
Dzyudo

Azizjon Kamilov Xalqaro dzyudo federaciyasida ikki lavozimga ega bo'ldi
Bugun Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF)ning navbatdagi Kongressi bo'lib o'tdi.
Biz uchun ahamiyatlisi, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov Kongressda tashkilotning Oliy boshqaruv organi — IJF Ijroiya qo'mitasi azoligi hamda IJF Talim direktori (IJF Education Director) lavozimlariga saylandi.
Osiyo dzyudo ittifoqi vice-prezidenti hisoblangan Kamilov bundan buyon Xalqaro dzyudo federaciyasining talim yo'nalishidagi islohoti, yani murabbiylar, hakamlar, mamuriy tizim mutaxassislarini tayyorlash, kadrlar masalasini hal etishga etiborini qaratadi.
SHuningdek, u IJF prezidenti Marius Vizer bilan elkama-elka dzyudoning olimpiya sport turlari oilasidagi mavqeini yanada mustahkamlash yo'lida ish olib boradi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar