So’nggi yangiliklar

18:57Али Абдел-Азиз: "Перейра UFC лойиҳаси, уни сунъий равишда шиширишган" 0 18:36"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди? 0 18:15DCC: "UFC`да бундан каттароқ жангни тасаввур қила олмаяпман" 0 17:54Санжар Зокировга чемпионлик жанги таклиф қилинди 0 17:33Богачук кейинги жангини Канело — Кроуфорд оқшомида ўтказади 0 17:12Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор 0 16:51Теннисчимиз янгиланган WTA рейтингида 104 поғонага кўтарилди, Топ-10`да янгилар 0 16:30Дастин Порье: "Катта шов-шув билан кетмоқчиман, лекин бу чокларсиз бўлмайди" 0 16:09Аълохон Абдуллаев Шоҳжаҳон Эргашев ташкил этаётган бокс турнирининг марказий жангида рингга чиқади + (Тўлиқ кард) 0 15:48ДХХ кубогининг Тошкент вилоят босқичи ғолиби аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:27Боксчи қизларимиз Хитойга йўл олишди 0 15:06Спортчилар ижтимоий тармоқларда қайтди 0 14:45Менежер Анкалаев - Перейра реванши қачон бўлишини айтди 0 14:24“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди 0 14:03Дастин Порье қайси рақибларининг зарбаси энг кучли бўлганини айтди 0

23 noy 16:42
Yangiliklar

Dzyudo

Murabbiy va dzyudochilarga xayfsan elon qilindi

Teglar :  DzyudoO'zbekiston
O'zbekiston dzyudo federaciyasida Tartib-intizom komissiyasining navbatdan tashqari yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilish kun tartibida bir necha dzyudochilar va murabbiylar tomonidan tartib-intizom qoidalarining buzilganlik holati ko'rib chiqildi. Yani, dzyudochilarimizning bir necha nafari oqibatini o'ylamagan holda to'y kurashida ishtirok etishgan. Ularga murabbiylar ham hamrohlik qilgan. 

Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) bu kabi holatlarni keskin qoralaydi. Dzyudodan boshqa kurash turlaridagi musobaqalarda ishtirok etish qatiyan man etiladi. Bu holat IJF sport va tashkiliy qoidalarining 4.1-moddasiga ko'ra jazoga tortiladi. Yani, jahon reytingida tasniflangan sportchi xalqaro dzyudo federaciyasidan ruxsat olinmagunga qadar dzyudodan boshqa har qanday kurash sport turidan xalqaro va boshqa musobaqalarda ishtirok eta olmaydi. 

Komissiya kelgusida yuqorida keltirilgan holatlar takrorlanmasligi, ruxsat etilmagan tadbirlarda qatnashilmasligining oldini olish maqsadida bir necha dzyudochi va trenerlarga intizomiy choralar qo'llanilishini malum qiladi. Dzyudochi boshqa sport turidagi musobaqalarda kutilmagan jarohat orttirib olishi va buning natijasida terma jamoani qiyin ahvolda qoldirishi mumkin. Hech kim jarohatlardan himoyalanmagan.

Yig'ilishda ko'rilgan masala federaciyaning viloyatlardagi bo'limlariga ham jo'natildi. Har bir hududiy bo'lim o'z sportchi va trenerlari bilan ushbu masalaning oqibatlari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib boradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing