13 iyu 08:17
Yangiliklar
Taekvondo

"World Taekwondo Diamond Games"ning so'nggi kunida yakkalik bahslari o'tkaziladi
Bugun Koreya Respublikasining Muju shahrida taekvondo WT bo'yicha G4 klassifikaciyasidagi "Muju Taekwondowon 2025 World Taekwondo Diamond Games" xalqaro musobaqasi o'z yakuniga etadi.
Turnirning so'nggi, uchinchi kuni doirasida individual bellashuvlar tashkil etiladi. Unda terma jamoamizning jami 16 nafar vakili ishtirok etadi.
Ikki kunlik jamoaviy aralash bellashuvlardan so'ng hisobimizda 2 ta oltin, 1 ta bronza medali bor.
Havola :
Fikrlar