So’nggi yangiliklar

22:15Ўзбекистон IBA Жаҳон чемпионатидаги иштирокини тугатди. Якуний натижалар қандай бўлди? 1 21:58Арман Маханов иштирокидаги финал жанги 2-раундда тўхтатилди 0 21:43Тўрабек Ҳабибуллаев ҳам Жаҳон чемпионатини иккинчи ўринда якунлади 0 21:06Жавоҳир Умматалиев - ЖЧ кумуш медали соҳиби! 0 20:09Асадхўжа Мўйдинхўжаев - Жаҳон чемпиони! 0 19:33Абдумалик Халоков яна бир Жаҳон чемпионатини совриндор сифатида якунлади 1 18:36Ҳасанбой Дўсматов энди икки карра Жаҳон чемпиони! 0 17:51Генри Сехудо UFC’дан кетганидан кейинги режаларини ошкор қилди 0 17:30Уайлдер: "Пол — Жошуа? Мен бундай жангларга кўргазмали тўқнашув сифатида қарайман" 0 17:09ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади? 0 16:48Умар Кремлёв бокс бўйича 2027 йилги IBA Жаҳон чемпионати қаерда ўтиши мумкинлигини айтди 0 16:27Шахматда? Пётр Ян Конор Макгрегор билан эҳтимолий жанг ҳақидаги саволга жавоб берди 0 16:06Пара сузувчилар Ўзбекистон делегациясига 26 та медаль тақдим этишди + ФОТО 0 15:45"Реал" Франциядан 20 ёшли футболчини сотиб олмоқчи 0 15:24Александре Пантожа қачон қайтади? 0

13 iyu 10:03
Yangiliklar

Dzyudo

Junior European Cup 2025. Musobaqaning birinchi kuni 5 ta medal qo'lga kiritdik + FOTOGALEREYA

Vengriyaning Paksh shahri dzyudo bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Evropa kubogiga mezbonlik qilmoqda.

Dunyoning 5 qitasi 38 davlatidan kelgan 500 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashayotgan Paks Junior European Cup 2025 musobaqasida Kamol Murodov va Diyorbek O'razboev murabbiyligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azolari tatamiga chiqishyapti. 

Nufuzli musobaqaning birinchi kuni dzyudochilarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medaliga ega chiqishdi. -66 kg vaznda kurashgan Dilshodbek Hamroev Paks Junior European Cup 2025 chempioniga aylandi. U o'tgan hafta CHexiyaning Praga shahrida o'tkazilgan Evropa kubogida ham oltin medalni qo'lga kiritgandi. 

Finalga qadar mag'lubiyatsiz etib kelgan Xurshida Razzoqberdieva (-70 kg) va Umida Nig'matova (+78 kg) kumush medal bilan taqdirlanishdi. Asadbek Misirov (-60 kg) va Muhriddin Marufov (-73 kg) bronza medaliga sazovor bo'lishdi. 

Birinchi kungi bellashuvlar natijasiga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi 32 davlat orasida 3-o'rinni egallab turibdi. Musobaqada IJF bayrog'i ostida qatnashayotgan dzyudochilar 3 ta oltin, 3 ta kumush, 6 ta bronza medali bilan birinchi o'rindan joy olgan. Isroil 2 ta oltin, 2 ta bronza medali bilan 2-o'rinni band etgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing