14 iyu 09:30
Yangiliklar

Dzyudochilarimiz Junior European Cup 2025 musobaqasini 9 ta medal bilan yakunlashdi
Paks Junior European Cup 2025 musobaqasining ikkinchi kungi bellashuvlarida Kamol Murodov va Diyorbek O'razboev murabbiyligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi yana 4 ta medalga ega chiqdi.
Ikki kunlik nufuzli musobaqa yakuniga ko'ra, dzyudochilarimiz 1 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medali qo'lga kiritishdi. Medallar jamg'arish bo'yicha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi dunyoning 5 qitasi 38 davlati orasida kuchli beshlikdan joy oldi.
Junior European Cup 2025 turnirida shohsupaga ko'tarilgan dzyudochilarimiz:
Oltin medal
-66 kg: Dilshodbek Hamroev
Kumush medallar:
-48 kg: Sevinch Murodova
-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva
-81 kg: Samariddin Muxibiddinov
+78 kg: Umida Nig'matova
+100 kg: Fazliddin Rafiqov
Bronza medallar:
-57 kg: Rayhona Mamatova
-60 kg: Asadbek Misirov
-73 kg: Muhriddin Marufov
Fikrlar