So’nggi yangiliklar

18:23Жон Жонс қайтишига ишора қилди 0 18:02Жота ва гуллар 0 17:41Яхши янгилик: "Tashkent Select" жамоаси янги мавсумда ҳам Қозоғистон чемпионатида иштирок этади 0 17:20Бенавидес ва Ярд WBC камари учун жанг қилади 0 16:59Топурия Хамзат Чимаев ҳақида: "У одам — ёввойи!" 0 16:38Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди 0 16:17Арман Царукян: "Пимблетт Топ-5 даражасидаги жангчи эмас. У фақат қарияларни юта олади" 0 15:56Илия Топурия: "Ҳаммаси менга боғлиқ бўлганида, 13 июль куниёқ Махачев билан жанг қилардим" 0 15:35Ўзбек боксчилари океан ортида машғулотларни давом эттиришяпти (ФОТО) 0 15:14Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди 0 14:53Холмурод Нурматов кейинги жангини ACA Лигасида ўтказади 0 14:32UFC кузда Бразилияда турнир ўтказиши мумкин 0 14:11Ёш дзюдочиларимиз Туркиядаги нуфузли мусобақадаги иштирокларини бошлашди 0 13:50"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради 0 13:29Жаҳон кубоги. Бугун тўрт боксчимиз финал чиптаси учун рингга кўтарилади 0

20 iyu 14:41
Yangiliklar

Karate

Navbatdan tashqari konferenciyada Karate milliy federaciyasiga Bosh kotib va vice-prezidentlar saylandi

Teglar :  Karate
19 iyun kuni Toshkent shahrida O'zbekiston karate milliy federaciyasining navbatdan tashqari konferenciyasi chaqirildi.

Konferenciyada federaciya rahbariyati va uning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi federaciyalari rahbarlari, shuningdek, ushbu sport turi bo'yicha mutasaddi vakillar ishtirok etdi.

Konferenciyada dastlab, 2019 yil 28 dekabr kunidagi O'zbekiston karate milliy federaciyasining navbatdan tashqari konferenciyasi qarorini  to'liq bekor qilish masalasi ko'rib chiqildi va bir ovozdan maqullandi.

SHundan so'ng, konferenciya kun tartibiga ko'ra O'zbekiston karate milliy federaciyasi bosh kotibini saylash, federaciya Rayosati tarkibini tayinlash, federaciyaning yangi tahrirdagi Nizomini tasdiqlash va federaciyaga vice-prezident saylash masalalari ovozga qo'yildi.

Federaciya Bosh kotibligiga Otabek Kasimov nomzodi ilgari surilgan edi. Yig'ilganlar bir ovozdan ushbu nomzodni Bosh kotiblikka maqullashdi. SHu bilan birga  O'zbekiston karate milliy federaciyasi Rayosati tarkibiga karate sport turi mutaxassislari bo'lgan va ko'p yillardan beri karate sport turini rivojiga o'z hissalarini qo'shib kelayotgan A.Toshbaev, R.Kazakov, F.Qurbonov va O.Ravshanovlarning nomzodlari taklif etildi va yig'ilganlar tomonidan ovoz berish yo'li bilan nomzodlar federaciya rayosatiga qabul qilindi.

SHundan so'ng, konferenciya rasmiylari O'zbekiston karate milliy federaciyasi Nizomini yangi tahrirda qabul qilish bo'yicha ovoz berishdi. Konferenciya davomida Ayubxon Toshbaev, Rustam Kazakov, Azamat-ali Qalandarov va Akrom Sodiqovlar federaciya vice-prezidenti lavozimiga saylandi.

Yakunda karate mutasaddilari tomonidan O'zbekiston Milliy terma jamoasining bugungi holati, terma jamoa azolariga yaratib berilgan sharoitning qoniqarsiz ekanligi hamda terma jamoaga nomzod sportchilarni tanlab olish jarayonlari murabbiylar tomonidan sport prinsiplariga asoslanmagan holda amalga oshirilganligi keskin tanqid qilindi.

Mutasaddilar endilikda karatening rivojlanishi yo'lida birdamlik ko'rsatish zarurligini, oldindagi yirik musobaqalar uchun sportchilarni bugundan tayyorlash zarurligini qayd etishdi.

O'zbekiston karate milliy federaciyasi Matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing