So’nggi yangiliklar

07:22Расман: Исак - "Ливерпуль" футболчиси! Трансфер рекорди янгиланди 0 07:01US Open. Свёнтек сўнгги рус теннисчисини ҳам мағлуб этди 0 19:23Аманда Нунес жамоасида Кайла Харрисонга қарши жанг санаси маълум қилинди 0 19:02Дзюдочиларимиз "Jenys" таркибида Континентал Лиганинг "Шарқ" дивизиони ғолиби бўлишди 0 18:41"Бетис" Антонининг трансферини ҳал қилди — Here We Go! 0 18:20Разамбек Жамалов UFC'дан таклиф бўлганини айтди 0 17:59Абдул-Раҳмон Яҳёевга UFC`да дебют жанг берилди 0 17:38Ўзбекистонлик ёш фигурали учувчи Туркия Гран-присида иштирок этди 0 17:1739 ёшли Жеймс Милнер АПЛ тарихига кирди 0 16:56Проф боксда амалдаги энг ёш жаҳон чемпиони илк ҳимоя жангини ўтказади 0 16:35Академик эшкак эшувчиларимиз икки ёш тоифасидаги қитъа биринчилигида 7 та медалга эга чиқишди + ФОТО 0 16:14Муроджон Аҳмадалиевнинг бугунги очиқ машғулотидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 15:53Доннарумма "Манчестер Сити"да — Here We Go! 0 15:32Велотрекчиларимиз Осиё кубогида 11 та медаль қўлга киритишди + ФОТО 0 15:11Карлос Алькарас — 13 "Катта Дубулға" турнирлари 1/4 финалига чиққан энг ёш теннисчи! 0

31 okt 01:00
Yangiliklar

SHaxmat

Nodirbek Abdusattorov Fisher shaxmat bo'yicha JCHda 4-o'rinni egalladi

"Fischer Random World Championship" - Fisher shaxmati bo'yicha jahon chempionatining so'nggi kuni o'tkazildi.

Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 3-o'rin uchun bahsda jahon reytingida 1-o'rinni egallab turgan norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona surdi va 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. 8 nafar shaxmatchi qatnashgan musobaqani Nodirbek Abdusattorov 4-o'rinda yakunladi. 

Ushbu natija orqali Nodirbek 40 ming AQSH dollari ishlab oldi. 


Fisher shaxmati bo'yicha jahon chempionati. 

Islandiya. 3-o'rin uchun bahs. 

Nodirbek Abdusattorov (O'zbekiston) - Magnus Karlsen (Norvegiya) 1:3


Ushbu sahifa orqali musobaqaning so'nggi kunidagi natijalardan xabardor bo'lib turishingiz mumkin bo'ldi. Eng quyida esa bahsdan videoni tomosha qiling.

YANGILASH


- Nodirbek 4-partiyada ham imkoniyatni boy berib qo'ydi. Ushbu mag'lubiyatdan so'ng hisob 1:3 ko'rinishiga keldi. 


- Final bahsida shaxmatchilar durangga rozi bo'lishdi. Hisob - 2:2. Endi barchasi armageddon partiyada hal bo'ladi. 


- Finalning uchinchi partiyasida Nepomnyashiy g'alaba qozondi. Demak Nakamura - Nepomnyashiy qarama-qarshiligida hisob 1,5 : 1,5 ko'rinishiga keldi. 


- To'rinchi partiyada Nodirbek g'alaba qozona olsa, vaziyat tenglashadi va qo'shimcha partiya o'ynaladi. 


- Afsuski Abdusattorov 3-partiyada imkoniyatni boy berib qo'ydi - 1:2...


- Nodirbek va Magnus o'rtasidagi 3-partiya boshlandi. 


- Finalning ikkinchi partiyasida durang qayd etildi. Nakamura 1,5 : 0,5 hisobida Nepomnyashiydan ustun kelmoqda.


- Ikkinchi partiyada afsuski Magnus Karlsenning qo'li baland keldi. Hisob tenglashdi - 1:1...


- Nodirbek ikkinchi partiyani boshladi. SHaxmatchimiz bu safar qora donalarda o'ynaydi. 


- Finalning ilk partiyasida Xikaru Nakamura Yan Nepomnyashiyni mag'lub etdi 1:0.


-Dastlabki partiyada Nodirbek oq donalarda o'ynab g'alabaga erishdi. Hisob - 1:0!


-Mazkur jahon chempionatining 3-o'rin uchun bahsida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona surmoqda. 



Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing