So’nggi yangiliklar

22:00"Octagon 75" турнирининг барча натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 21:04Навбаҳор Ҳамидова Олимпиада чемпиони ва уч карра жаҳон чемпионини мағлуб этиб, Жаҳон кубоги ғолибасига айланди 0 18:34Блогер-кикбоксчи Дана Уайтдан Оқ уйдаги UFC турнири учун жанг беришни сўради 0 18:13"Башарасини бежаб қўярдим". Иан Гарри Камару Усман ҳақида 0 17:52"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди (ФОТО) 0 17:31Усик жангига икки ҳафта қолганида онасига мурожаат қилди (ФОТО) 0 17:10Уимблдон. 18 ёшли Мирра Андреева 1/8 финалда 0 16:49Тони Фергюсон қачон жанг ўтказишини айтди 0 16:28Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда! 0 16:07Шахматчи қизларимиз 676 250 доллар мукофот пулига эга Жаҳон кубогида иштирок этишади 0 15:46World Boxing учинчи босқичи якунларига кўра Қозоғистон биздан ўзиб кета оладими? (Жадвал) 0 15:25Спорт вазири ўринбосари бугунги финал олдидан Навбаҳор Ҳамидова билан учрашди 0 15:04"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади 0 14:43Анвар Анваров Франциядаги турнирда шоҳсупага кўтарилди 0 14:22Уимблдон. Ига Свёнтекнинг юриши давом этмоқда 0

01 iyu 20:42
Yangiliklar

Kurash

Norinda bel olish va uch kurash bo'yicha O'zbekiston kubogi o'tkazildi

24-30 iyun kunlari Namangan viloyatining Norin tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida bel olish va uch kurash bo'yicha 2006-2007 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston kubogi o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston Bel olish va uch kurash associaciyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur mamlakat kubogi bahslarida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 800 nafardan ortiq yosh polvonlar g'oliblik uchun kurash tushishdi.

Musobaqa reglamentiga muvofiq, dastlab sportchilar bel olishning xalqa-chalish, chalish hamda uch kurashning yaktakli yo'nalishlarida belgilangan vazn toiflariga ko'ra kuch sinashishdi. SHuningdek, bel olish kurashining chalish hamda uch kurashning yaktaksiz yo'nalishlari bo'yicha ilk bor jamoaviy bellashuvlar ham o'tkazildi.

Bel olishning chalish yo'nalishidagi jamoaviy bahslarda birinchi o'rinni Namangan sportchilari, ikkinchi o'rinni Sirdaryo jamoasi va ikkita uchinchi o'rinni Andijon hamda Farg'ona jamoalari qo'lga kiritishdi. Uch kurashning yaktaksiz yo'nalishi bo'yicha jamoaviy bellashuvlarida esa Andijon viloyati jamoasi faxrli birinchi o'rinni egalladi. Final bosqichda andijonlik polvonlar Farg'ona jamoasini 8:7 hisobi bilan mag'lubiyatga uchratishdi. Ikkita uchinchi o'rin Xorazm va norinlik (Namangan) sportchilar jamoasiga nasib etdi.    

Murosasiz o'tgan O'zbekiston kubogida dastlab bel olish kurashining yo'nalishlari bo'yicha kuchlilar aniqlangan bo'lsa, musobaqasining ikkinchi bosqichda uch kurashning yo'nalishlari bo'yicha ham yakkalik bellashuvlari o'tkazildi. Quyida uch kurash bo'yicha yakkalikda birinchi o'rinlarni band etgan sportchilar bilan tanishishingiz mumkin.

Uch kurashning xalqa yo'nalishi

O'g'il bolalar 

32 kg. – Muhammadrizo Mamtaliev (Andijon)

38 kg. – Muhammadali Abdusalomov (Andijon)

44 kg. – Ozodbek Ahmadjonov (Andijon)

50 kg. – Sulton Turg'unov (Andijon)

58 kg. – Rahmatillo Eminov (Andijon)

66 kg. – Mahkambek Soliev (Andijon)

+70 kg. – Sarvar G'aniev (Andijon)

Uch kurashning yaktaksiz yo'nalishi

O'g'il bolalar

30 kg. – Muhammadaziz To'xtasinov (Andijon)

35 kg. – Abubakir Arslonov (Andijon)

41 kg. – Islombek Olimjonov (Andijon)

47 kg. – Izatillo CHumayov (Andijon)

54 kg. – Biloliddin Ro'zaliev (Andijon)

62 kg. – Abdulloh Niyazov (Andijon)

70 kg. – Ismoiljon Xamidullaev (Andijon)

Mutloq vazn – Dadaxon Davronbekov (Andijon)

Qizlar

32 kg. - Fotima Ikromalieva (Namangan)

38 kg. – SHodiya Mashrapova (Andijon)

42 kg. – Marjona Mahmudqulova (Sirdaryo)

46 kg. – Muxayyo Abduvalieva (Namangan)

+ 46 kg. – Surayyo Jo'raqulova (Buxoro)

Musobaqa yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing