So’nggi yangiliklar

19:09"Octagon 75" турнирининг барча натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 18:34Блогер-кикбоксчи Дана Уайтдан Оқ уйдаги UFC турнири учун жанг беришни сўради 0 18:13"Башарасини бежаб қўярдим". Иан Гарри Камару Усман ҳақида 0 17:52"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди (ФОТО) 0 17:31Усик жангига икки ҳафта қолганида онасига мурожаат қилди (ФОТО) 0 17:10Уимблдон. 18 ёшли Мирра Андреева 1/8 финалда 0 16:49Тони Фергюсон қачон жанг ўтказишини айтди 0 16:28Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда! 0 16:07Шахматчи қизларимиз 676 250 доллар мукофот пулига эга Жаҳон кубогида иштирок этишади 0 15:46World Boxing учинчи босқичи якунларига кўра Қозоғистон биздан ўзиб кета оладими? (Жадвал) 0 15:25Спорт вазири ўринбосари бугунги финал олдидан Навбаҳор Ҳамидова билан учрашди 0 15:04"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади 0 14:43Анвар Анваров Франциядаги турнирда шоҳсупага кўтарилди 0 14:22Уимблдон. Ига Свёнтекнинг юриши давом этмоқда 0 14:01Эдди Хирн: "Эннис — Ортис жанги устида ишлаяпмиз" 0

27 iyu 11:25
Yangiliklar

Kurash

Norinda bel olish va uch kurash bo'yicha O'zbekiston kubogi o'tkazilmoqda

Namangan viloyatining Norin tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida bel olish va uch kurash bo'yicha 2006-2007 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston kubogi bo'lib o'tmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston Bel olish va uch kurash associaciyasining yillik-taqvim rejasidagi mazkur mamlakat kubogi bahslarida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 600 nafarga yaqin yosh polvonlar g'oliblik uchun bellashishmoqda.

Musobaqa doirasida tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi. Unda ishtirok etgan O'zbekiston Bel olish va uch kurash associaciyasi bosh kotibi Nosir Azizov musobaqa qatnashchilariga omad tiladi.

Musobaqa reglamentiga muvofiq, dastlab sportchilar bel olishning xalqa-chalish, chalish hamda Uch kurashning yaktakli yo'nalishlarida belgilangan vazn toiflariga ko'ra kuch sinashishyapti.

SHuningdek, bel olish kurashining chalish yo'nalishi bo'yicha ilk bor jamoaviy bellashuvlar ham o'tkazildi. Jami 15 ta vazn bo'yicha jamoviy bellashuvlarda ko'pchilik katta ehtimol bilan sirdaryolik polvonlarning g'olib bo'lishini kutishayotgan edi. Lekin Sirdaryo jamoasi finalda Namangan jamoasiga 7:8 hisobi bilan mag'lubiyatga uchradi.

SHunday qilib jamoaviy musobaqada birinchi o'rinni Namangan sportchilari, ikkinchi o'rinni Sirdaryo jamoasi va ikkita uchinchi o'rinlarni Andijon va Farg'ona jamoalari qo'lga kiritishdi.  

Murosasiz va shiddatli jarayonlarga boy tarzda o'tayotgan O'zbekiston kubogi musobaqasining yakkalik bahslarida o'z vazn toifalarida raqiblarini engib, birinchi o'rinlarni egallagan yosh polvonlar bilan tanishamiz.

Bel olishning chalish yo'nalishi

O'g'il bolalar 

30 kg. – Doniyor SHoimqulov (Sirdaryo)

38 kg. – Xurshidbek Ergashaliev (Namangan)

47 kg. – Murodjon Azamqulov (Sirdaryo)

58 kg. – Og'abek Mirzaaxmedov (Sirdaryo)

70 kg. – Normuhammad Baxtiyorov (Farg'ona)

Qizlar

32 kg. – Fotima Ikromalieva (Namangan)

38 kg. – Dildora Muhammadalieva (Farg'ona)

42 kg. – Mashhura Odilova (Andijon)

46 kg. – Muxlisa Qosimova (Andijon)

+46 kg. – Durdona Mamurjonova (Sirdaryo)

Bel olishning xalqa chalish yo'nalishi

35 kg. – Behruzbek Hayitov (Farg'ona)

44 kg. – Normuhammad O'rinboev (Farg'ona)

54 kg. – Rustam Karimov (Sirdaryo)

66 kg. – Asadbek Ravshanbekov (Andijon)

Mutloq vazn. – Azamjon Bakirov (Namangan)

Uch kurashning yaktakli yo'nalishi

O'g'il bolalar

32 kg. – Behruz Asanov (Jizzax)

41 kg. – Haitbek Obidjonov (Andijon)

50 kg. – Ibrohimjon Umaraliev (Andijon)

62 kg. – Samandar SHaripov (Namangan)

+70 kg. – Eldor Davronov (Jizzax)

Qizlar

32 kg. – Farangizxon Fozilova (Farg'ona)

38 kg. – Mubina Oribjonova (Andijon)

42 kg. – Mehribonu Nematova (Sirdaryo)

46 kg. – CHaros Abduholiqova (Surxondaryo)

+46 kg. – Madinabonu Boboxo'jaeva (Toshkent sh.)

G'olib va sovrindorlar  diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. Musobaqa dasturiga ko'ra, ayni paytda Uch kurash bo'yicha bellashuvlar bo'lib o'tmoqda. Kubok bellashuvlari 30 iyunga qadar davom etadi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing