So’nggi yangiliklar

23:00Азамат Нуфтиллаев камар соҳиби бўлди, "Сатурн"да рақиб ўзгарди ва "Octagon 75" турнирининг барча натижалари 0 21:04Навбаҳор Ҳамидова Олимпиада чемпиони ва уч карра жаҳон чемпионини мағлуб этиб, Жаҳон кубоги ғолибасига айланди 0 18:34Блогер-кикбоксчи Дана Уайтдан Оқ уйдаги UFC турнири учун жанг беришни сўради 0 18:13"Башарасини бежаб қўярдим". Иан Гарри Камару Усман ҳақида 0 17:52"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди (ФОТО) 0 17:31Усик жангига икки ҳафта қолганида онасига мурожаат қилди (ФОТО) 0 17:10Уимблдон. 18 ёшли Мирра Андреева 1/8 финалда 0 16:49Тони Фергюсон қачон жанг ўтказишини айтди 0 16:28Қисқа вақтда Осиёни ўзига қаратган "Бунёдкор" — 20 ёшда! 0 16:07Шахматчи қизларимиз 676 250 доллар мукофот пулига эга Жаҳон кубогида иштирок этишади 0 15:46World Boxing учинчи босқичи якунларига кўра Қозоғистон биздан ўзиб кета оладими? (Жадвал) 0 15:25Спорт вазири ўринбосари бугунги финал олдидан Навбаҳор Ҳамидова билан учрашди 0 15:04"Пахтакор" легионери ёзда жамоани тарк этади 0 14:43Анвар Анваров Франциядаги турнирда шоҳсупага кўтарилди 0 14:22Уимблдон. Ига Свёнтекнинг юриши давом этмоқда 0

09 iyu 10:51
Yangiliklar

Tokio-2020

Olimpiada uchun terma jamoaga kiritilmagan eronlik voleybolchi: "Mafiya hamma narsani hal qiladi. Murabbiy - bu qo'g'irchoq va shunchaki pul qidiradi"

Teglar :  Tokio-2020
Tokio Olimpiadasi uchun terma jamoaga kiritilmagan eronlik voleybolchi Farxad Gaemi jamoa rahbariyati va murabbiyi Vladimir Aleknoni tanqid qildi.

"Voleybol federaciyasi rahbari meni yuz foiz olimpiya tarkibida bo'lishimga ishontirdi va bu mening terma jamoaga qaytishim uchun turtki bo'ldi.

Mening qaytishim milliy terma jamoada qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgani bilan bog'liq edi. Bunday sharoitda men terma jamoaga yordam berishga rozi bo'ldim, ammo murabbiy darhol: "Kelganingiz uchun tashakkur",- deb meni qo'yib yubordi. Jamoadagi muhit bu qadar iflos deb o'ylamagandim.

Hamma narsani hal qiladigan mafiya bor. Meni terma jamoada ko'rishni istamagan guruh bor.

Alekno umuman hech narsani hal qilmaydi va qo'g'irchoq. U hatto bazi o'yinchilarning ismlarini ham bilmaydi. Alekno Eron voleyboli haqida hech narsa bilmaydi va shunchaki pul qidiradi!", - deya Gaemining so'zlaridan iqtibos keltiradi Mashregh News.

Terma jamoa menejeri esa bu gap-so'zlarga quyidagicha munosabat bildirdi:

"Mafiya? U nima haqida gapirayotganini bilmayman. Agar terma jamoada qandaydir mafiya bor deb taxmin qilsak, u Gaemini bir necha yillardan beri taklif qilib kelayotgan ekan.

Baxtimizga, ovoz berish huquqiga ega bo'lgan, jahon miqyosidagi taniqli murabbiy Alekno endi milliy terma jamoa bilan ishlamoqda. Bunday murabbiylar hech kimga maslahat berishiga umuman yo'l qo'ymaydi", - dedi Eron milliy terma jamoasi bosh menejeri Amir Xoshxabar.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing