So’nggi yangiliklar

08:47"Челси" клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионати финалида! 0 08:26Уимблдон. Карлос Алькарас 1/2 финалда! 0 08:05"UFC'да доғистонлик курашчиларни ёмон кўришади" - мураббий 0 19:41Мераб Двалишвили: "Пётр Ян — Умардан кучлироқ" 0 19:20Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди 0 18:58Илия Топурия: "Мен Арман Царукянни финиш қиламан" 0 18:37"Жанг фақат камар учун". Шавкат Раҳмонов Муҳаммадга қарши жанг қилмайди 0 18:14Мераб Двалишвили: "MMA’да энг ёқтирмайдиган нарсам — вазн ташлаш" 0 17:51МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда 0 17:29Америкалик UFC жангчиси: "Евлоев камар учун жанг қилиши керак. Бу сиёсий ўйинлар" 0 17:07"Уни нокаут қилишдан хурсанд бўламан". Жастин Гэтжи Топурияга қарши жанг ҳақида гапирди 0 16:54Алмабаевнинг мураббийи Темиров билан жанг бекор бўлганига муносабат билдирди 0 16:43Мураббий Рамазон Темировнинг жанги бекор бўлганини тасдиқлади 0 16:41Яна тўрт ёш дзюдочимиз Kocaeli European Judo Hopes турнирида шоҳсупага кўтарилди 0 16:35Рамазон Темировнинг Алмабаевга қарши жанги бекор бўлдими? 0

25 avg 13:19
Yangiliklar

Tadbirlar

Olimpiya zaxiralarini tayyorlash tizimini yanada kuchaytirish mavzusida onlayn yig'ilish o'tkazildi

Teglar :  SelektorMOQ
MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov boshchiligida Olimpiya zaxiralarini tayyorlash tizimini yanada kuchaytirish mavzusida onlayn yig'ilish bo'lib o'tdi.

ZOOM platformasi orqali o'tkazilgan ushbu yig'ilishda Qo'mita Bosh kotibi Oybek Kasimov, sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalarning mutasaddi rahbarlari ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida Rustam SHoabdurahmonov kuchli zaxira sportchilarini tayyorlash masalasining qanchalik dolzarb ekanini takidlab, bu borada qilinishi kerak bo'lgan ishlar bo'yicha mutasaddilarning fikrini o'rgandi. Yig'ilish davomida tennis, regbi, gandbol va bir qator federaciyalar rahbariyati mazkur mavzu yuzasidan o'z takliflarini bildirib o'tishdi.

13 avgust kuni Prezident SHavkat Mirziyoev Tokio-2020 Olimpiya o'yinlarida ishtirok etgan O'zbekiston delegaciyasini qabul qilar ekan, Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik bo'yicha bir qator vazifalarni belgilab berdi. Ular orasida jamoaviy sport turlarida ham Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olish vazifasi qo'yildi.

Qayd etish joiz, sportga ixtisoslashgan talim muassasalarida jamoaviy yo'nalishlarga ajratilgan kvotalar kam. Yig'ilish davomida shu va boshqa masalalar, jumladan, Olimpiya zaxiralari kolleji, Jismoniy tarbiya va sport universitetida jamoaviy yo'nalishlardagi kvotalar sonini ko'paytirish taklifi, sportchilarni qabul qilish va ularni o'qitish tizimi, milliy chempionatlarda raqobatbardosh kuchli klublarni ko'paytirish kabi yo'nalishlar atroflicha muhokama qilindi.

SHuningdek, Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan jamoalarni shakllantirib borish masalasi ham kunning dolzarb mavzularidan bo'ldi. Tadbir yakunida MOQ rahbari kun tartibidagi masalalar yuzasidan federaciyalarning takliflari ko'rib chiqilishini takidlab o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing