So’nggi yangiliklar

15:11Дональд Трамп Ўзбекистон МТЖга ЖЧ-2026`да омад тилади 0 14:50Алькарас Жоковични барча қопламали кортларда ютган бешинчи теннисчига айланди 0 14:29Эркин курашчиларимизнинг Жаҳон чемпионатига борадиган таркиби тасдиқланди 0 14:08US Open. Аёллар ўртасидаги жуфтлик баҳсларида чемпионлар маълум 0 13:47Бугун U-23 ва U-17 терма жамоаларимиз ўйнайди 0 13:26Том Аспиналл ва Сирил Ган илк қўшма матбуот анжуманида иштирок этишди 0 13:05“Янги Ўзбекистон Олимпия чўққилари”нинг 2-босқич якуни бўйича матбуот анжумани ўтказилди 0 12:44"У ортиқча гапириб юборди" - Имавов Борральо ҳақида 0 12:23ПСЖ бош мураббийи Луис Энрике жиддий жароҳат олди 0 12:02Grand Swiss 2025. Абдусатторов ва Гукеш очко йўқотди, уч шахматчида юз фоизлик натижа 0 11:41Оқ уйда ўтказиладиган UFC турнири тафсилотлари маълум қилинди 0 11:20Бугун навбатдаги UFC турнири ўтказилади (тўлиқ кард) 0 10:59"Олтин тўп"га асосий даъвогар футболчи жароҳат олди 0 10:38US Open. Амалдаги чемпион 1/2 финал учрашувида кортга чиқди 0 10:17Дзюдочиларимиз Туркий давлатлар Универсиадасида 12 та медаль қўлга киритишди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0

12 dek 15:24
Yangiliklar

Boshqalar

"Ombudsman kubogi" kimga nasib etdi? FOTOGALEREYA

Teglar :  Ombudsman kubogi
Poytaxtimizdagi sportning o'yin turlari va engil atletikaga ixtisoslashgan sport maktabida mini futbol bo'yicha “Ombudsman kubogi” musobaqasi bo'lib o'tdi.

Aholi salomatligini mustahkamlash Davlat rahbarining doimiy etiborlarida bo'lgan masalalardan biridir. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida”gi Farmonida ommaviy sprotni riqojlantirish bo'yicha oilalar, sinflar, mehnat jamoalari va hududlar o'rtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda o'tkazish belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosini taminlash maqsadida 2022 yilning 11 dekabr kuni ilk marotaba Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) tomonidan mini-futbol bo'yicha “Ombudsman kubogi” musobaqasi o'tkazildi. 

Xalqaro inson huquqlari kuniga bag'ishlangan mazkur futbol musobaqasini tashkil etishdan ko'zlangan maqsad - xalq farovonligi yo'lida mehnat qiluvchi xodimlarni bir joyga jamlab, ularni jismonan sog'lomlashtirish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishdan iborat. CHunki aholi salomatligini muhofaza qilish bu ko'p tomondan uning jismonan harakatchanligi, sport turlari bilan muntazam shug'ullanishi va albatta sog'lom turmush tarziga rioya qilishi bilan chambarchas bog'liq. 

“Ombudsman kubogi” mini-futbol musobaqasida Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman), Bola huquqlari bo'yicha vakil (Bolalar Ombudsmani) va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil, Kasaba uyushmasi hamda «Madad» bepul yuridik yordam ko'rsatish bo'yicha nodavlat notijorat tashkiloti va «Yuksalish» umummilliy harakati vakillaridan iborat terma jamoalar azolari ishtirok etishdi.

“Ombudsman kubogi 2022” kubogi uchun o'yinlarda terma jamoalar azolari bor kuch-g'ayratlarini safarbar qilgan holatda o'z mahorotlarini ko'rsatishdi. Musobaqaning barcha bosqichlari hakamlar tomonidan haqqoniy va adolatli baholanib borildi. 

Musobaqa yakunida dastlab, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) tomonidan joriy etilgan qator nominaciyalar bo'yicha hakamlarning xulosasiga ko'ra mahoratli o'yinchilar taqdirlanishdi. Bunda 

“Eng zo'r to'p urar” nominaciyasi bo'yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi terma jamoasi o'yinchisi Jasur Jumaev, “Eng zo'r darvozabon” nominaciyasi bo'yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi terma jamoasi darvozaboni SHaxzod To'raev,  “Musobaqaning eng zo'r o'yinchisi” nominaciyasi bo'yicha Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) terma jamoasi azosi Azizbek Yuldashevlar g'olib deb topildi. 

SHuningdek, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federaciyasiga “Ombudsman maxsus sovrini” topshirildi. 

Musobaqa yakunlariga ko'ra, 

1-o'rin va “Ombudsman kubogi” O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil jamoasiga; 

2-o'rin O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi;

3-o'rin esa, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) terma jamoasiga nasib qildi. 

“Ombudsman kubogi 2022” musobaqasida yaxshi natijalarga erishgan terma jamoalaring har bir azosi medal, diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing