So’nggi yangiliklar

16:35The Ring: Усикка нокаут бўлган Дюбуа янгиланган рейтингда пастлади 0 16:14Огоҳлик қўнғироғи — ёзнинг қайноқ чилласида муздек душ! 0 15:53Эрон матбуоти: Машарипов Суперкубокда ўйнай олади 0 15:32Самбо федерацияси Халқаро Паралимпия қўмитаси томонидан тан олинди 0 15:11Esports World Cup Chess. Нодирбек Абдусатторовнинг 1/4 финалдаги рақиби маълум 0 14:50Сингапурда Корея ва Қатар спорти раҳбарлари билан учрашувлар ўтказилди 0 14:29"Зенит" собиқ футболчиси: "Файзуллаев ўйнамоқчи" 0 14:08Россиялик бокс блогери Жалолов — Усик эҳтимолий жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:47Тошкент мезбонлик қилаётган Жаҳон чемпионатининг 1/4 финал жуфтликлари маълум 0 13:26Шоҳрухбек Турсунмахамматов АҚШ Очиқ чемпионати ғолиби! 0 13:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди! 0 12:44Исроил Мадримов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўринда қайд этилди? 0 12:23Мафтункор Эжени Бушар фаолиятидаги сўнгги учрашувини ўтказди 0 12:02Жаҳон чемпионатида 4 та олтин медаль қўлга киритилди. Юнон-рум курашчиларимиз умумжамоа ҳисобида иккинчи бўлишди 0 11:41Ўртоқлик ўйини. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди 0

12 mar 08:03
Yangiliklar

Boks/MMA

Osiyo chempionati. 10 nafar bokschimiz oltin medal uchun jang qiladigan bo'ldi + FOTOGALEREYA

Amman shahrida yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.

Kecha musobaqa doirasida yoshlar o'rtasida yarim final bellashuvlari bo'lib o'tdi. 

Unga ko'ra, 10 nafar bokschimiz g'alaba qozongan bo'lsa, 2 nafari bronza medali bilan O'zbekistonga qaytadigan bo'ldi. 

-48 kg vaznli bokschimiz Miralijon Mavlonov hindistonlik raqibga yutqazib qo'ydi va bronza medali bilan kifoyalandi.

-51 kg vaznli bokschimiz Xo'janazar Nortojiev hindistonlik raqibini mag'lub etdi va finalga yo'l oldi!

-54 kg vazn toifasida Abduvali Bo'riboev hindistonlik raqibga qarshi jangda ustunlikka erishishiga qaramay, hakamlar yakunda raqibning g'alabasini qayd etishgandi. O'zbekiston boks federaciyasi mazkur jang yuzasidan "protest" berdi. Bahs hakamlar qo'mitasi tomonidan ko'rib chiqildi va yakunda g'alaba hamyurtimizga qaytarib berildi.

-57 kg vaznli bokschimiz Baxtiyor Asadov qozog'istonlik raqibini mag'lub etdi va finalga yo'l oldi!

-60 kg vazn toifasida Suhrob Aminov tojikistonlik bokschiga yutqazib qo'ydi. BRONZA!

-63,5 kg vazn toifasida Javohir Ummataliev qozog'istonlik raqibini mag'lub etdi va finalga yo'l oldi.

-67 kg vazn toifasida Fazliddin Erkinboev iroqlik raqibini muddatidan oldin mag'lub etdi. Navbatdagi final!

-71 kg vazn toifasida Alisher Ayubov iordaniyalik raqibini mag'lub etdi va finalga yo'l oldi!

-75 kg vazn toifasida Rahmatillo Boymatov tojikistonlik raqibini muddatidan oldin mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l oldi.

-80 kg vazn toifasida Abdulaziz Abdurahmonov eronlik raqibini katta ustunlik bilan mag'lub etdi!

-86 kg vazn toifasida Jamoliddin Qozoqov tojikistonlik raqibini muddatidan oldin mag'lubiyatga uchratdi.

-92 kg vazn toifasida Aynazar Kenesbaev qirg'izistonlik bokschini mag'lubiyatga uchratdi va finalga chiqdi!

Bugun musobaqada dam olish kuni. Ertaga, 13 mart kuni o'smirlar o'rtasida, 14 mart kuni esa yoshlar o'rtasidagi final bahslari bo'lib o'tadi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing