So’nggi yangiliklar

14:42WBA рейтинги янгиланди: Шаҳрам ва Бектемир биринчи ўринда қолди. Қолганларнинг ўрни қандай? 0 14:21Алонсонинг биринчи "қурбони": "Реал" устози ҳимоячиларнинг биридан воз кечди 0 14:00Уимблдон. Дунёнинг биринчи ракеткаси бошлади 0 13:39Пантожа Жошуа Ван билан декабрь ойида жанг қилишга тайёр 0 13:18“Шунқорлар” – 2025: Андижон вилояти жамоаси кубокнинг янги соҳиби! 0 12:57"Ким қолишни истамаса, хайр!". "Интер" сардори ЖЧни тарк этганига муносабат билдирди 0 12:36Сайдатхон Нуриддинов ҳам Octagon 75 турнирида жанг қилади + ПОСТЕР 0 12:15Хабибнинг яна бир жамодоши UFC'га ўтди 0 11:54Разамбек Жамалов ўнинчи операциядан кейинги ҳолати ҳақида маълумот берди 0 11:33Лионель Месси келажаги борасида бир қарорга келди 0 11:12UFC рейтинги янгиланди: Топурия P4P рейтингининг янги қироли! 0 10:51Навоий “Uzbekistan Judo Tour” мусобақаси кучлиларни аниқлади ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:30Фьюри, Жошуа, Кроуфорд каби машҳурлар Мадияр Саидраҳимов иштирокидаги IBA турнирига ташриф буюришади 0 10:09ОКМК дарвозабони жамоани тарк этишга яқин 0 09:48Жаҳон кубоги. Илк кунни битта ғалаба ва битта мағлубият билан бошладик, бугун яна уч ҳамюртимиз рингга чиқади 0

22 apr 21:06
Yangiliklar

Futbol

Osiyo chempionati. Sarvarbek Zafarjonov terma jamoamizga ikkita bronza olib keldi

Xabaringiz bor, shu kunlarda yurtimiz poytaxti Toshkent shahri og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda. 

Kunning oxirgi guruhida supachaga -81 kg vaznli sportchilar ko'tarilishdi. 

Ushbu vaznda yurtimiz sharafini Sarvarbek Zafarjonov va Hakimjon SHamshiddinov himoya qildi.

Dast ko'tarish mashqi birinchi urinishda 143 kg toshni o'ziga bo'ysuntirgan SHamsiddinov, ikkinchi urinishda 147, uchinchisida - 150 kg shtangani ko'tara oldi va o'z oldiga qo'yilgan vazifani alo darajada uddaladi.  

Sarvarbek Zafarjonov esa avvaliga 161, keyin 166 kg og'irlikni o'ziga bo'ysundirgan bo'lsa, uchinchi urinishda (170 kg) biroz omadi chopmadi. 

Medallar uchun kurashda unga raqiblik qilgan qozog'istonlik atlet Adolat o'g'li Nurgissa ikkinchi urinishda 169 kgni ko'tardi, uchinchi chiqishida esa 172 kg toshni jilovlay olmadi. 

Siltab ko'tarish mashqi ham ancha qiziq kechdi. Oltin medal va sovrinli o'rinlar uchun amalda 4 nafar atlet kurash olib bordi. Va biz uchun muhimi Sarvarbek Zafarjonov uchinchi urinishdan bo'lsada, 202 kg toshni o'ziga bo'ysundirdi. Aynan shu ko'rsatkich orqali atletimiz ikki kurash bo'yicha ham terma jamoamizga bronza medalini taqdim etdi. 

Dast ko'tarishda birinchi bo'lgan qozog'istonlik Nurgissa, siltab ko'tarishda uchinchi o'rinni egalladi va ikki kurash natijasi bo'yicha ham kumush medalga sazovor bo'ldi. 

Siltab ko'tarishda birinchi bo'la olmagan bo'lsada, Rustami Kianush (siltab ko'tarishda ikkinchi) ikki kurashda oltinni begona qilmadi. 

Osiyo chempionati.
Erkaklar, -89 kg.

1. Rustami Kianush - 373 (167 + 206) kg;
2. Nurgissa Adolat o'g'li - 372 (169 + 203);
3. Sarvarbek Zafarjonov - 368 (166 + 202) kg.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing