So’nggi yangiliklar

16:35The Ring: Усикка нокаут бўлган Дюбуа янгиланган рейтингда пастлади 0 16:14Огоҳлик қўнғироғи — ёзнинг қайноқ чилласида муздек душ! 0 15:53Эрон матбуоти: Машарипов Суперкубокда ўйнай олади 0 15:32Самбо федерацияси Халқаро Паралимпия қўмитаси томонидан тан олинди 0 15:11Esports World Cup Chess. Нодирбек Абдусатторовнинг 1/4 финалдаги рақиби маълум 0 14:50Сингапурда Корея ва Қатар спорти раҳбарлари билан учрашувлар ўтказилди 0 14:29"Зенит" собиқ футболчиси: "Файзуллаев ўйнамоқчи" 0 14:08Россиялик бокс блогери Жалолов — Усик эҳтимолий жанги ҳақида фикр билдирди 0 13:47Тошкент мезбонлик қилаётган Жаҳон чемпионатининг 1/4 финал жуфтликлари маълум 0 13:26Шоҳрухбек Турсунмахамматов АҚШ Очиқ чемпионати ғолиби! 0 13:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди! 0 12:44Исроил Мадримов янгиланган The Ring рейтингида нечанчи ўринда қайд этилди? 0 12:23Мафтункор Эжени Бушар фаолиятидаги сўнгги учрашувини ўтказди 0 12:02Жаҳон чемпионатида 4 та олтин медаль қўлга киритилди. Юнон-рум курашчиларимиз умумжамоа ҳисобида иккинчи бўлишди 0 11:41Ўртоқлик ўйини. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди 0

11 mar 07:17
Yangiliklar

Boks/MMA

O'smir bokschilarimizning 11 nafari Osiyo chempionati finaliga yo'l oldi + FOTO

Amman shahrida boks bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati o'tkazilmoqda.

Kecha musobaqa doirasida o'smirlar o'rtasidagi bahslarning yarim final bellashuvlari o'tkazildi.

Unga ko'ra, ringga ko'tarilgan 12 bokschimizning 11 nafari g'alabaga erishib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. 

-48 kg vaznli bokschimiz Ilhomjon Ergashev qirg'izistonlik raqibini mag'lub etdi va finalga yo'l oldi

-50 kg vaznli bokschimiz Samandar Olimov qozog'istonlik raqibini mag'lub etdi. FINAL!

-52 kg vaznli Sunnatilla O'ktamaliev iordaniyalik raqibidan ustun keldi. Navbatdagi final!

-54 kg vazn toifasida Mironshox Norqosimov qozog'istonlik bokschini katta ustunlik bilan mag'lub etdi va finalga yo'l oldi

-57 kg vaznli bokschimiz Farrux To'laganov hindistonlik raqibini mag'lub etdi

-60 kg vazn toifasida Mirzakamron Yunusov Tojikiston vakilidan ustun keldi

-63 kg vaznli bokschimiz Hojiakbar Qudratov qiyin kechgan jangda eronlik raqibini mag'lub etdi. Navbatdagi final!

-66 kg vazn toifasida Sardor Dilolov Qozog'iston vakiliga imkoniyatni boy berdi va musobaqaning bronza medali bilan kifoyalandi

-70 kg vaznli bokschimiz Jafarbek SHahbozov suriyalik raqibini muddatidan oldin mag'lub etdi. Final!

-75 kg vaznli Temurbek Abduvahobov qirg'izistonlik raqibini mag'lub etdi. Final!

-80 kg vazn toifasida Rahmonjon Qodirov qozog'istonlik bokschini mag'lub etdi va finalga yo'l oldi

+80 kg vazn toifasida Ozodbek Aliev hindistonlik raqibidan ustun keldi. Final!

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing