So’nggi yangiliklar

16:30Макгрегор 10 йиллик қамоқ ҳақидаги хабарларга жавоб қайтарди 0 16:07Озарбайжон президенти: "Ўзбекистон термасининг ЖЧга чиққани тасодиф эмас" 0 15:45Дастин Порье: "Бу охирги имконият. Чиройли тарзда кетмоқчиман" 0 15:23Конор Макгрегорга 10 йиллик қамоқ жазоси таҳдид солмоқда 0 15:02Усикнинг жамоасида Фьюрининг учинчи жанг ҳақидаги сўзларига муносабат билдиришди 0 14:41Бугун Мираброр Усмонов ҳаёт бўлганида 78 ёшини қарши олар эди 0 14:20Умар Кремлёв бокс бўйича жаҳон чемпиони 1 миллион долларга эга бўлишини айтди 0 13:59IBF Бивол учун мажбурий даъвогарни эълон қилди 0 13:38Уимблдон. Ига Свёнтекнинг юриши давом этмоқда 0 13:17"Ал Қодисия" А Серия тўпурари учун 40 млн евро тўлашга тайёр 0 12:56Фьюри 500 млн доллар эвазига UFC'да жанг қилишга тайёр 0 12:35Нима? Трамп ва Уайт Оқ уйда UFC турнирини ўтказишмоқчи 0 12:14TUF 33. Қозоғистонлик Алиби Идрис ҳамюртимиз Фурқатбек Ёқубовга қозоқ чопонини совға қилди (ВИДЕО) 0 11:53Элдор Шомуродовнинг янги жамоаси маълум қилинди 0 11:32Дунёнинг биринчи ракеткаси Уимблдон учинчи даврасида 0

24 may 19:23
Yangiliklar

Taekvondo, Olimpiya o'yinlari

O'zbek taekvondosida yangi sahifa ochgan qahramonlarimiz tantanali kutib olindi FOTO + VIDEO

21-22 may kunlari Iordaniyaning Amman shahrida taekvondo WT bo'yicha Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma beruvchi licenzion musobaqa bo'lib o'tdi.

Unda terma jamoamiz berilgan imkoniyatdan maksimal foydalanib, delegaciyamiz hisobiga 3 ta yo'llanmani taqdim qildi.

Bugun licenzion turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etgan terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida o'tgan tadbirda MOQ raisi Rustam SHoabdurahmonov, Turizm va sport vazirining o'rinbosari Avaz Karimov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov Qo'mita raisining o'rinbosari Azizjon Kamilov, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mutasaddilari, sportchilarimizning yaqinlari va ko'p sonli muxlislar ishtirok etishdi.

Delegaciyamiz Amman-Dubay-Toshkent yo'nalishida yurtimizga qaytib kelishdi. Mutasaddilar sportchilarimizni qo'lga kiritilgan tarixiy g'alaba bilan qutlashar ekan, Yangi O'zbekiston yoshlariga bo'lajak Olimpiya o'yinlarida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilishlarini tilab qolishdi.

Musobaqada ayollar o'rtasida Nigora Tursunqulova -67, Svetlana Osipova +67 kg, yosh yigitimiz Ulug'bek Rashitov esa -68 kg vazn toifalarida final yo'llanmasi qatorida Tokio-2020 ishtirokchisiga aylanishgan edi. SHu tariqa, taekvondo bo'yicha terma jamoamiz Olimpiya o'yinlarida ilk bor 4 nafar sportchi bilan ishtirok etadigan bo'lishdi. Eslatib o'tamiz, bungacha Nikita Rafalovich -80 kg vazn toifasida jahon reytingi orqali Olimpiadaga yo'llanma olgan edi.




 


Video: Samandar SHokirov

Foto: Jahongir Fayzullaev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing