So’nggi yangiliklar

15:53"Ҳумо" Pro Hokei Ligasy навбатдаги мавсумини ўтказиб юборади 0 15:26Усик Дюбуа билан жангга оз қолганда қандай ҳолатда эканлигини кўрсатди (ФОТО) 0 15:02Симоне Индзаги "Ал Ҳилол"да тўрт нафар футболчидан қутилмоқчи 0 14:41Волкановски: "Қўлқопларимни яқин орада михга иламан" 0 14:20Оғир атлетикачиларимиздан ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида навбатдаги 16 та медаль! 0 13:59Одилхон Alash Pride'да жанг қилади 0 13:38Трамп Клублар ўртасидаги ЖЧ финалига келади 0 13:17Волкановски: "Мен ҳар доим пул учун жанг қилганман" 0 12:56Николай Валуев 15 йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилинди 0 12:35Аҳмадалиев — Иноуэ жанги манзили ўзгарди 0 12:14Виктор Гёкерешнинг "Арсенал"даги маоши маълум 0 11:53Шахматчиларимиз FIDE Жаҳон кубогининг иккинчи босқич илк учрашувларини ўтказишди 0 11:32Уимблдон. Новак Жокович 1/2 финалда 0 11:11Бугун Тошкентда проф бокс оқшоми ўтказилади (Кард, бошланиш вақти ва трансляция бўйича маълумотлар) 0 10:50"Рома" Шомуродовнинг ўрнига АПЛда ўтган мавсум 1 та гол урган футболчини олиб келмоқчи 0

13 sen 19:39
Yangiliklar

Boshqalar

O'zbekiston avtomobil sporti Nizomi va Qoidalari kuchga kirdi

Teglar :  Avtomobil sport
O'zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi hamda O'zbekiston Milliy avtomobil klubi jamoatchilik birlashmasi tomonidan mamlakatimizda avtomobil sporti qoidalari tasdiqlandi.

Joriy yil 9 sentyabrda bo'lib o'tgan uchrashuvda Turizm va sport vaziri o'rinbosari Avazjon Karimov hamda O'zbekiston Milliy avtomobil klubi jamoatchilik birlashmasi vice-prezidenti Aleks Coy O'zbekiston Respublikasida avtomobil sporti Qoidalari hamda avtomobil sporti bo'yicha 2021 yilgi respublika va mintaqalararo musobaqalar to'g'risidagi Nizomni tasdiqlab, imzolashdi.

O'zbekiston Respublikasida avtomobil sporti Nizomi va Qoidalari O'zbekiston Milliy avtomobil klubi jamoatchilik birlashmasi tomonidan Xalqaro sport kodeksi(ISC)ga muvofiq hamda sport vakolatlari asosida ishlab chiqilgan va muvofiqlashtirilgan.

Xalqaro avtomobil federaciyasi (FIA)ga – 1904 yilda asos solingan bo'lib, u butun dunyoda xalqaro avtomobil sportini (kartingdan boshlab Formula-1ga qadar) boshqaruvchi nufuzli organ hisoblanadi. FIA, shu bilan birga jahondagi etakchi avtomobil tashkilotlarini o'z atrofiga birlashtirib, nafaqat avtomobil sportini rivojlantirishga, balki sayyoramizdagi yo'l harakati ishtirokchilarini xavfsiz, barqaror va qulaylik bilan taminlashga xizmat qiladi.

FIAga jahondagi 143 mamlakatning 245 dan ortiq avtomobil sporti klublari, xususan «O'zbekiston milliy avtomobil klubi» jamoatchilik birlashmasi ham azo bo'lgan. Tashkilotning butun dunyo bo'yicha 80 milliondan ortiq azolari mavjud.

Xalqaro sport kodeksiga (ISC) muvofiq ishlab chiqilgan O'zbekiston Respublikasida avtomobil sporti Nizomi va Qoidalari milliy avtosportning rivojlanishi, shuningdek, mamlakatning xalqaro avtosportga uyg'unlashuviga sezilarli tasir ko'rsatadi. Bu esa, o'z navbatida yurtimizda avtosport bo'yicha xalqaro musobaqalarni o'tkazish imkonini beradi. SHuningdek, sezilarli darajada sportchilarimiz uchun kartingdan boshlab Formula-1gacha bo'lgan musobaqalarda qatnashish imkoniyatini ochib beradi.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing