10 iyu 12:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Ahmadaliev - Inoue jangi manzili o'zgardi
Xabaringiz bor, 14 sentyabr kuni professional boksning ikkinchi eng engil vazn toifasidagi mutlaq chempionlik jangi o'tkaziladi.
Unda yaponiyalik chempion Naoya Inoue WBA Interim kamari sohibi, o'zbekistonlik Murodjon Ahmadaliev bilan to'qnash keladi.
Avvalroq, titul jangi 14 sentyabr kuni Yaponiyaning Tokio shahrida o'tkazilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo bugun tongda Yaponiya tomoni jangni rasman tasdiqlab, turnir 14 sentyabr kuni Nagoya shahridagi IG Arena majmuasida bo'lib o'tishi haqida malumot berdi.
Malumot uchun, IG Arena yangi qurib bitkazilgan inshoot bo'lib, 17 000 muxlisni o'z bag'riga sig'dira oladi. Arenaning ochilish marosimi 13 iyul kuni o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar