So’nggi yangiliklar

15:43Ҳожиакбар Алижонов нега фақат қора бутсада майдонга тушади? 0 15:22Спорт вазири Олимпия ва паралимпия шон шуҳрати музейида ёшлар билан учрашди 0 15:01Камарга яқин турган Муҳаммад Шеховнинг навбатдаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 14:40UzChess Cup. Нодирбеклар баҳсда кутилмаган натижа, Синдаров Аржунга қарши, 6-турнинг барча натижалари битта хабарда 0 14:19"Барселона" "Камп Ноу"га қайтадиган кунни эълон қилди 0 13:58Ига Cвёнтек фаолиятидаги 300-ғалабасига эришди 0 13:37Топурия ёки Оливейра. Махачевдан қолган камарни ким олади? UFC 317 карди билан танишинг 0 13:16Ёш юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 12:55“Барселона“ Маркус Рэшфорд бўйича бир қарорга келди 0 12:34Фурқатбек Ёқубов The Ultimate Fighter 33 шоусидаги илк жангини ўтказди 0 12:13Жон Жонс UFC рўйхатидан ўчирилди 0 11:52Пара пауэрлифтинг терма жамоамиз Жаҳон кубогини 25 та медаль билан якунлади 0 11:31Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2`га тушириб юборилди 0 11:10Оғир атлетикачиларимиз ўсмирлар ва ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашади 0 10:49Итаума - Баколе, Ортис - Эннис, Сепеда - Круз жанглари бир оқшомда! 0

06 dek 17:10
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston chempionatining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda FOTOREPORTAJ

Xabaringiz bor, shu kunlarda Toshkent shahri dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda.

Ayni daqiqalarda musobaqaning yorqin lahzalarga boy tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda. Marosimni O'zbekiston Respbulikasi Bosh vaziri o'rinbosari Aziz Abduhakimov kirish so'zi bilan ochib berdi.   

"Assalomu alaykum, qadrli murabbiylar, dzyudochilar, musobaqa ishtirokchilari! Sizlar bilan poytaxtimizdagi muhtasham “Universal” sport saroyida ko'rishib turganimizdan xursandmiz. Bugun uchinchi kundirki, ushbu arena dzyudo bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Pandemik vaziyat ancha yumshab, deyarli barcha sport turlari bo'yicha Respublika miqyosidagi musobaqalar o'tkazilyapti. Sportchilar uzoq tanaffusdan so'ng yana musobaqalarga qaytishdi. SHu birgina “Universal” majmuasini oladigan bo'lsak, deyarli ikki oydan beri mazkur arenada boks, taekvondo, dzyudo kabi sport turlari bo'yicha turli yosh toifasidagi O'zbekiston chempionatlari o'tkazildi. Arenaning bo'sh kuni yo'q. Bu kishini quvontiradigan holat. Sport saroylari, zallar yoshlar bilan qanchalik gavjum bo'lsa, bu bizning yutug'imizdir. 

Bugungi kunda hurmatli Prezidentimiz SHavkat Miromonovich tomonlaridan ilgari surilayotgan eng ustuvor yo'nalish – bu shubhasiz jamiyatda sog'lom turmush tarzini yanada qaror toptirish, xalqimiz salomatligini aynan sport orqali mustahkamlashdan iboratdir. Bu kabi o'tkazilayotgan musobaqalar sportning yoshlar orasida ommalashishiga xizmat qiladi. Dzyudo Olimpiya o'yinlari oilasiga mansub va shu bilan birga ommaviy sport turi hisoblanadi. SHundan bo'lsa kerak, bu yakkakurash bilan shug'ullanayotganlar soni anchayin salmoqli. Raqamlarga etibor qaratadigan bo'lsak, hozirda mamlakatimizda dzyudo bilan shug'ullanayotganlar soni 50 mingdan oshgan. Bu son kundan-kunga ortib bormoqda. Mayli, ularning hammasi ham terma jamoa darajasiga ko'tarilmas, lekin sport bilan shug'ullanish orqali o'z sog'liklarini taminlaydilar. Bizga esa aynan sog'lom avlod, sog'lom millat kerak. 

Qadrli musobaqa ishtirokchilari, fursatdan foydalanib, sizlarga mustahkam sog'liq, murosasiz kechayotgan bellashuvlarda esa g'alaba yor bo'lishini tilayman! Tatamida eng kuchlilar zafar quchsin!", - dedi A.Abduhakimov.

Davlatimiz madhiyasi yangragach, Rio-2016 Paralimpiya o'yinlarida g'olib va sovrindor bo'lgan para-dzyudochi qizlarimiz mahorat saboqlarini namoyish etishdi. SHundan so'ng o'zbek va jahon dzyudosi yulduzlariga navbat keldi. Olimpiada chempioni, uch karra jahon chempioni, terma jamoamiz bosh murabbiyi Ilias Iliadis, terma jamoamiz azolari Davlat Bobonov, SHarofiddin Boltaboev, Muhammadkarim Hurramov, yurtimizda yig'in o'tkazayotgan Gruziya terma jamoasining nomdor dzyudochilari tatamidagi chiqishlari bilan arenaga yig'ilganlarning olqishiga sazovor bo'lishdi.

"Men O'zbekistonda sportga qaratilayotgan hukumat darajasidagi etibor, qo'llab-quvvatlashni dunyoning hech bir mamlakatida ko'rmaganman. SHaxsan O'zbekiston Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoev sport va sog'lom turmush tarziga etibor qaratmoqda. Bu esa o'z samarasini bermay qolmayapti. Fursatdan foydalanib, barcha ishtirokchilarga omad va g'alaba tilaymiz",dedi I.Iliadis. 

SHundan so'ng tantanali ochilish marosimining badiiy qismiga navbat berildi. Yosh ijrochilar va estradamiz yulduzlarining chiqishlari O'zbekiston chempionatining ochilish marosimiga o'zgacha fayz bag'ishlamoqda.

Suratlar muallifi - Jahongir FAYZULLAEV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing