So’nggi yangiliklar

18:57Али Абдел-Азиз: "Перейра UFC лойиҳаси, уни сунъий равишда шиширишган" 0 18:36"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди? 0 18:15DCC: "UFC`да бундан каттароқ жангни тасаввур қила олмаяпман" 0 17:54Санжар Зокировга чемпионлик жанги таклиф қилинди 0 17:33Богачук кейинги жангини Канело — Кроуфорд оқшомида ўтказади 0 17:12Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор 0 16:51Теннисчимиз янгиланган WTA рейтингида 104 поғонага кўтарилди, Топ-10`да янгилар 0 16:30Дастин Порье: "Катта шов-шув билан кетмоқчиман, лекин бу чокларсиз бўлмайди" 0 16:09Аълохон Абдуллаев Шоҳжаҳон Эргашев ташкил этаётган бокс турнирининг марказий жангида рингга чиқади + (Тўлиқ кард) 0 15:48ДХХ кубогининг Тошкент вилоят босқичи ғолиби аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:27Боксчи қизларимиз Хитойга йўл олишди 0 15:06Спортчилар ижтимоий тармоқларда қайтди 0 14:45Менежер Анкалаев - Перейра реванши қачон бўлишини айтди 0 14:24“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди 0 14:03Дастин Порье қайси рақибларининг зарбаси энг кучли бўлганини айтди 0

23 noy 12:39
Yangiliklar

O'q otish, Olimpiya o'yinlari

O'zbekiston o'q otish federaciyasi Parij-2024 Olimpiadasiga 12 ta yo'llanma qo'lga kiritmoqchi, bu haqida Rustam SHoabdurahmonov ishtirokidagi majlisda malum qilindi

Bu haqida Milliy olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati malumot berdi.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda Turizm va sport vazirligi federaciya va associaciyalar bilan Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik rejalarini muhokama qilishda davom etadi. Bu gal O'zbekiston o'q otish federaciyasi sportchi va murabbiylari bilan uchrashuv o'tkazildi.

Yig'ilishda MOQ rahbari Rustam SHoabudrahmonov hamda Turizm va sport vazirining o'rinbosari Avaz Karimov, Sportning qishki va murakkab turlari bo'yicha oliy sport mahorat maktabi vakili, federaciya mutasaddilari, shuningdek, Parij-2024 Olimpiadasiga davogar sportchilar ishtirok etishdi.


Qayd etish joiz, ushbu sport Olimpiya o'yinlarida eng ko'p medal va yo'llanmalar o'ynaladigan turlardan hisoblanadi. SHu bois MOQ raisi federaciyaning licenziatlar borasida “drayveri” bo'lishi lozimligi, buning uchun Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilishini takidladi.

Har bir federaciyalar bilan bo'lgani kabi bu gal ham sportchilar bilan birma-bir suhbat olib borildi. Bundan ko'zlangan maqsad ularda ertangi g'alabaga bo'lgan ishonchni kuchaytirish va g'oliblik ruhini singdira olishdir.

Ahamiyatlisi, uzoq tanaffusdan so'ng tajribali merganimiz, London-2012 Olimpiadasi ishtirokchisi Sakina Mamedovani ham Parij-2024 davogarlari qatorida ko'rish mumkin. Umuman olganda, O'zbekiston o'q otish federaciyasi bo'lajak Olimpiya o'yinlarida 12 ta yo'llanma bilan ishtirok etishni maqsad qilib qo'ygan.

Uchrashuv davomida ayni paytda hal qilinishi kerak bo'lgan muammolar, ularni bartaraf etish uchun zarur choralar, barcha sportchilarni zamonaviy qurol va boshqa inventarlar bilan taminlash bo'yicha fikrlar bildirildi.

Reyting:    

Fikrlar

   
23 noy 14:26:20
Zulmatni Tarketib
Ishtirok etish bilan emas, medal olish kerak
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing