So’nggi yangiliklar

21:31CAFA Nations Cup-2025: Терма жамоамиз Туркманистонни мағлуб этди 0 19:39Мэнни Пакьяонинг кейинги жанги ҳам камар учун бўлиши мумкин 0 19:17Ўзбекистон сафидаги франциялик триатлончи Куиндос Осиё чемпионатида совриндор бўлди 0 18:55"16 ноябрда дам оламан". Махачев асосий эътиборини Делла Маддаленага қарши жангга қаратганини айтди 0 18:34Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони! 0 18:11ФИДЕ рейтинги янгиланди: Нодирбек Абдусатторов энди кучли ўнликда эмас 0 17:50Гулистон мезбонлик қиладиган ATFC 23 турнирининг тўлиқ карди эълон қилинди 0 17:29Боксчиларимизнинг Ливерпулдаги Жаҳон чемпионати учун таркиби расман эълон қилинди 0 17:17Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин 0 16:52Менеджер Арман Царукяннинг UFC’даги эҳтимолий рақибини айтди 0 16:28Ислам Махачев UFC`да суперюлдузлар йўқлигини изоҳлади 0 16:07Белбоғли кураш дунё бўйлаб қулоч ёзмоқда 0 15:46"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олди 0 15:25Рамазон Темировнинг вазнида муҳим рейтинг жанги эълон қилинди 0 15:04Пара велоспортчиларимиз Жаҳон чемпионатида Осиё жамоалари орасидаги энг яхши натижани қайд этди 0

27 apr 14:17
Yangiliklar

Futbol

O'zbekiston U-17 terma jamoasi futbolchisiga "Nyukasl", "Rapid" va "Strasbur" qiziqmoqda!

Teglar :  Asilbek Aliev
Kecha "90minutuz" podkastining navbatdagi soni etiboringizga havola qilindi.

Undagi asosiy yangiliklardan biri taniqli sharhlovchi Davron Fayziev "90minutuz" ijodkorlari qatoriga qo'shilganida bo'ldi.

Podkastning bu galgi sonida O'zbekiston U-17 terma jamoasining Osiyo Kubogidagi muvaffaqiyatli ishtiroki, o'smirlar, yoshlar terma jamoalari va MTJ o'rtasidagi bog'liqlik, klub va terma jamoadagi yig'inidagi sifat, U-17 avlodini yo'qotmaslik uchun nimalar qilish zarurligi, Husanov atrofidagi vaziyat, "yulduzlik kasali", ECHLdagi to'qnashuvlar, Italiya futboli: yaxshi formadagi SHomurodov va tarixiy ahamiyatga ega BAA – O'zbekiston uchrashuvi haqida so'z bordi.

Xususan, podkast mualliflaridan biri Nodirxo'ja Yuldashevning malum qilishicha, U-17 Osiyo Kubogida o'zini ko'rsatgan 15 yoshli o'zbek futbolchisiga Evropa klublari tomonidan qiziqish mavjud.

"Muhammad Hakimovni juda ko'pchilik etirof etyapti. Unga "Nyukasl", "Rapid" va "Strasbur" jamoalari qiziqmoqda. U va Asilbek Aliev 2009 yilda tavallud topgan. Aliev to'purar bo'ldi, Hakimov himoyani mustahkam ushladi. 

Hakimov qanday qilib terma jamoaga kirganini bilasizlarmi? U yaqingacha termada bo'lmagan. Gap shundaki, 2 oy oldin 2009 va 2008 yilgi futbolchilar bir paytda Saudiya Arabistoniga yig'inga yo'l oldi. O'sha yig'inda 2008 yillar o'yinini o'ynab bo'lgan, ortidan 2009 yillar o'ynashi ko'zda tutilgan. Uchrashuvlar yonma-yon maydonda o'tkazilgan. Murabbiylar shtabi o'yinni kuzata turib Hakimovni payqab qolishgan. Bunga qadar u faqat 2009 yillar termasida to'p tepgan. Odil Ahmedovnikiga o'xshash vaziyat takrorlandi, yani Hakimov tayanch yarim himoyasida emas, himoyada harakat qildi. Xabaringiz bor, Abramov o'z paytida Ahmedovdan tayanch yarim himoyasida emas, himoyada foydalanib turardi. 

Hakimovning yutug'i – hujumni yaxshi boshlash ko'nikmasi borligida. SHuning uchun bemalol markaziy himoyadan turib hujumni boshlab turdi", – dedi Yuldashev.


"90minutuz" podkasti to'liq holda:



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing